British Management University (BMU) — O‘zbekistonda faoliyat olib boruvchi jahon darajasidagi universitet, u 2020-yil 8-mayda Toshkentda ochilgan. BMU`da ta’lim quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:

  • moliya va bank ishi;
  • xalqaro buxgalteriya hisobi;
  • loyiha boshqaruvi;
  • xalqaro logistika;
  • raqamli marketing;
  • axborot tizimlari boshqaruvi.

Yaqin kelajakda Software Engineering with AI va Software Engineering with Cybersecurity yo‘nalishlarini ham ochish rejalashtirilmoqda.

2024-yilda o‘qishga qabul qilish quyidagi ta’lim dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • Bakalavriat:
    • BSc in Banking and Finance;
    • BSc in Accounting and Finance;
    • BSc in Management Information Systems (IT);
    • BBA with Project Management;
    • BBA with Digital Marketing;
    • BBA with Logistics and Supply Chain Management;
    • BBA with Economics and Sustainable Development;
    • BBA with Communications and PR.
  • Magistratura:
    • MSc in Accounting and Finance;
    • MSC in International Management.

Foundation kurslari

O‘qishning birinchi yili — Foundation dasturi — Buyuk Britaniyaning 30 ta eng yaxshi universitetidan biri va dunyoning 200 ta eng yaxshi universiteti qatoriga kiruvchi University of Reading (Reading universiteti, Buyuk Britaniya) tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan.

Barcha fanlar, jumladan, biznesga oid fanlar ingliz tilida Massachusets texnologiya instituti (MIT), Garvard, Kembrij va boshqa mashhur universitetlarning bitiruvchilari, xalqaro malakali o‘qituvchilar jamoasi tomonidan o‘qitiladi.

Ikkinchi kursdan to‘rtinchi kursgacha talabalar Queen Margaret University (Buyuk Britaniya) qo‘shma diplom dasturlarida o‘qish imkoniyatiga ega. Ikkala diplom ham xalqaro miqyosda tan olingan va nafaqat ilmiy faoliyatni davom ettirish, balki O‘zbekistonda ham, xorijda ham yaxshi maoshli ish topish imkonini beradi.

bmu, реклаmа

Pre-Foundation tayyorlov kursi

Ingliz tilini tayyorlov kursi talabalarga nutq, tinglash, o‘qish va yozishning to‘rtta asosiy elementida interaktiv ta’lim orqali til ko‘nikmalarini rivojlantirishga imkon beradi. Barcha darslar Buyuk Britaniya, Irlandiya, AQSh, Avstraliya va boshqa ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlardan katta ta’limiy va biznes tajribasiga ega bo‘lgan til egalari tomonidan o‘qitiladi.

Jarayonda hayotiy yoki o‘qituvchilar tajribasiga asoslangan biznes ssenariylari va biznes keyslardan foydalaniladi. Guruhlarda interfaol ishlash formati keng qo‘llanib, o‘quvchilarning ingliz tilida so‘zlashuvchi muhitda muloqot ko‘nikmalarini yanada samarali rivojlantirish imkonini beradi.

Zamonaviy kampus haqida

Universitetning shinam yangi kampusi quyidagi manzilda joylashgan: Mirzo Ulug‘bek tumani Bobur ko‘chasi 35.

Umumiy maydoni 44 ming kv.m. bo‘lgan zamonaviy eko-kampus hududida:

  • o‘quv va ma’muriy binolar;
  • yotoqxona;
  • kafe va talabalar oshxonasi;
  • kovorking zonalari;
  • toza havoda sport bilan shug‘ullanish va hordiq chiqarish uchun tashkillangan infratuzilma mavjud.

Yangi o‘quv binosi bir vaqtning o‘zida 5000 nafar talabani sig‘dira oladi. Ularning ixtiyorida:

  • keng majlislar zali;
  • guruh mashg‘ulotlari va seminarlar uchun o‘quv xonalari;
  • ko‘p funksiyali kompyuter sinflari va ma’ruza zallari;
  • 20 ming kitoblar to‘plami va raqamli resurslar to‘plamiga ega kutubxona. Undan darslarga tayyorgarlik ko‘rish, tadqiqot o‘tkazish va loyihalar ustida ishlash uchun foydalanish mumkin.

bmu, реклаmа

O‘zbekiston hududlari va boshqa mamlakatlardan kelgan talabalar uchun to‘qqiz qavatli 400 o‘rinli yotoqxona binosi qurilgan. Yotoqxonadagilar kuniga uch mahal ovqat bilan ta’minlanadi va qulay xona va ish joylari, shaxsiy hammom va dush bilan jihozlangan xonalarga joylashtiriladi. Jamoat joylarida kir yuvish xonasi, qo‘shimcha o‘quv joylari va dam olish hududlari mavjud.

Grant va stipendiyalar

BMU iste’dodlarni rag‘batlantiradi, xususan, ingliz tilini bilish darajasi IELTS bo‘yicha 6.0 yoki undan yuqori bo‘lgan abituriyentlarga butun o‘qish davri uchun 20% grant ajratadi.

IELTS 7.0 yoki undan yuqori ingliz tili darajasiga ega bo‘lgan, matematika imtihonidan o‘tgan va universitet ingliz tili o‘qituvchisi tomonidan suhbatdan o‘tgan a’lo darajadagi abituriyentlar o‘qish muddati davomida 50% BMU akademik grantlarini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

bmu, реклаmа

An’anaga ko‘ra, kam ta’minlangan oilalarning iqtidorli abituriyentlariga ta’limning to‘liq xarajatlarini qoplaydigan 20 ta ijtimoiy grant ajratiladi.

BMU, shuningdek, har bir semestr oxirida akademik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan talabalarga stipendiya to‘lash orqali ularga g‘amxo‘rlik qiladi. BMU talabalarining taxminan 10 foizi oylik stipendiya oladi.

Qabul jarayoni

Abituriyentlar hujjatlarni universitet saytida onlayn tarzda topshirishlari mumkin.

Bakalavriatning birinchi yiliga qabul qilinish uchun talablar:

  1. O‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (maktab yoki litsey/kollej diplomi). Diplom yoki sertifikat olishdan oldin abituriyentlar vaqtincha o‘qish joyidan ma’lumotnoma taqdim etishlari mumkin.
  2. Ingliz tilini bilishni tasdiqlovchi sertifikat: IELTS 5.5 yoki uning ekvivalenti — TOEFL 46. Agar sizda IELTS sertifikati bo‘lmasa, BMU ichki imtihonini ingliz tilida topshirishingiz kerak bo‘ladi. (BMU`ga kirish testi Buyuk Britaniyaning Reding universiteti tomonidan ishlab chiqilgan).

Qabul haqida batafsil ma’lumotni BMU saytida yoki quyidagi shaklni to‘ldirish orqali olish mumkin.

Telefon: (+998) 95−511−99−99, (+998) 95−170−70−72.

E-mail: info@bmu-edu.uz
Sayt: bmu-edu.uz
Instagram: @bmuedu
Telegram: t.me/bmuedu
Facebook: fb.com/bmuedu
LinkedIn: British Management University in Tashkent.

Reklama huquqlari asosida.