Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichining ikkinchi o‘yinida Hindistonni mag‘lub etdi. 18-yanvar kuni Qatarda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 3:0 hisobida yakunlandi.

O‘zbekistonliklarning 4-daqiqadagi ilk zarbasiyoq gol bilan yakunlandi. Sherzod Nasrullayevning jarima maydonchasiga oshirib bergan uzatmasidan keyin Otabek Shukurov havodagi kurashda ustun keldi va to‘pni Abbosbek Fayzullayevga oshirdi, u esa boshi bilan gol kiritdi.

18-daqiqada terma jamoa dublga erishdi — Abbosbek Fayzullayevning uzatmasidan keyin to‘pga birinchi bo‘lib hujumchi Igor Sergeyev yetib keldi.

Birinchi bo‘lim oxirida O‘zbekiston uchinchi golni kiritdi (45+4'). Farrux Sayfiyev o‘ng qanotdan oshirib bergan to‘pni himoyachi Sherzod Nasrullayev darvozaga yo‘lladi.

2023 йилги осиё kubogi, ўзбекистон, фuтбол, ҳиндистон

Eslatib o‘tamiz, bosh murabbiy Srechko Katanets jamoasi Avstraliya, Suriya va Hindiston terma jamoalari bilan birgalikda “B” guruhidan joy olgan. Ikkinchi tur yakunlariga ko‘ra, Avstraliya Hindiston (2:0) va Suriya (1:0) termalarini mag‘lub etgan holda peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda O‘zbekiston (4 ochko), keyingi o‘rinlarda esa Suriya (1) va Hindiston (0) bormoqda.

So‘nggi uchinchi turda O‘zbekiston Avstraliya bilan guruh peshqadamligi uchun bahs olib boradi. Uchrashuv 23-yanvar kuni soat 16:30 da bo‘lib o‘tadi.

Guruhlardagi eng kuchli ikkita jamoa, shuningdek, uchinchi o‘rinni egallagan to‘rtta eng yaxshi jamoa 1/8 finalga yo‘l oladi.

Statistika

2023 йилги осиё kubogi, ўзбекистон, фuтбол, ҳиндистон

Video

Foto

2023 йилги осиё kubogi, ўзбекистон, фuтбол, ҳиндистон2023 йилги осиё kubogi, ўзбекистон, фuтбол, ҳиндистон2023 йилги осиё kubogi, ўзбекистон, фuтбол, ҳиндистон2023 йилги осиё kubogi, ўзбекистон, фuтбол, ҳиндистон2023 йилги осиё kubogi, ўзбекистон, фuтбол, ҳиндистон2023 йилги осиё kubogi, ўзбекистон, фuтбол, ҳиндистон2023 йилги осиё kubogi, ўзбекистон, фuтбол, ҳиндистон2023 йилги осиё kubogi, ўзбекистон, фuтбол, ҳиндистон2023 йилги осиё kubogi, ўзбекистон, фuтбол, ҳиндистон2023 йилги осиё kubogi, ўзбекистон, фuтбол, ҳиндистон

2023 йилги осиё kubogi, ўзбекистон, фuтбол, ҳиндистон

2023 йилги осиё kubogi, ўзбекистон, фuтбол, ҳиндистон2023 йилги осиё kubogi, ўзбекистон, фuтбол, ҳиндистон2023 йилги осиё kubogi, ўзбекистон, фuтбол, ҳиндистон2023 йилги осиё kubogi, ўзбекистон, фuтбол, ҳиндистон2023 йилги осиё kubogi, ўзбекистон, фuтбол, ҳиндистон2023 йилги осиё kubogi, ўзбекистон, фuтбол, ҳиндистон