30 yil davomida Fido-Biznes`ning ustuvor yo‘nalishi — O‘zbekiston bank sektori uchun dasturiy yechimlarni ishlab chiqish va texnik qo‘llab quvvatlashdir. Kompaniya tomonidan yaratilgan integrallashgan avtomatlashtirilgan bank tizimi — IABTni respublikaning ko‘pgina banklari muvaffaqiyatli ishlatib kelmoqda.

IABT 2009-yilda SWIFT to‘lov tizimi bilan Integratsiyalashtirilgan bo‘lsa ham, 2024-yilgacha kompaniya SWIFT to‘lov tizimining biznes hamkori maqomiga ega emas edi.

2021-yilda Fido-Biznes O‘rta Osiyoda birinchilardan bo‘lib xalqaro hisob-kitoblarning yangi standarti bo‘lgan Global Payments Innovation (SWIFT GPI) texnologiyasini qo‘llab quvvatladi. Endi kompaniya Uzbekistonda SWIFT tizimining biznes hamkori sifatida rasmiy maqomga ega bo‘ldi.

SWIFT`ning biznes hamkori maqomini olish Fido-Biznes va uning bank mijozlariga yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Endi SWIFT hujjatlari va texnik yordami, shuningdek SWIFT`ga mos yechimlarni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazishni tezlashtirish uchun vositalar ishlab chiquvchiga taqdim etildi.

“Fido-Biznes kompaniyasi SWIFT MX/ISO 20022 ning yangi xabar formatlarini qo‘llab quvvatlash ustida ishlamoqda. Bu IABT tizimining SWIFT tizimi bilan ishlash imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi, hamda ishlab chiquvchi yechimlarini mijoz-banklari uchun havfsizroq va qulayroq qiladi. SWIFT`ning biznes hamkori maqomini olish bizning yutuqlarimizni ijobiy baholash va IABT tizimining yuqori sifatini tan olinishidir”, — dedi Fido-Biznes kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejeri Farida Dadajanova.

Telefon: (+998) 78−150−65−50, (+998) 71−150−65−56.

Sayt: fido-biznes.uz
Instagram: @fb_careers
LinkedIn: fido-biznes-uz

Reklama huquqlari asosida.