Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mansabdor shaxslar orasidagi bir qancha manfaatlar to‘qnashuvi, xususan, ularning tadbirkorlik subyektlarini boshqarishdagi ishtiroki holatlari bartaraf etilgani haqida xabar berdi.

Agentlik tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida quyidagi mansabdor shaxslarning xususiy kompaniyalarda ta’sischi va rahbar sifatidagi ishtiroki to‘xtatildi:

  • Umid Mamadaminov, energetika vaziri o‘rinbosari;
  • Anvar Sayfutdinov, Toshkent shahri Mirobod tumani hokimi;
  • Sanobarxon Nosirova, Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi;
  • Sherali Abdujabborov, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi rahbari;
  • Abdushukur Sodiqov, Milliy antidoping agentligi rahbari;
  • Dilshod Sarixo‘jayev, Markaziy bank Axborotlashuv bosh markazi rahbari;
  • Dilfuza Samandarova, Turizm qo‘mitasi huzuridagi Milliy PR-markazi direktori;
  • Abdulla Azizov, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori.

Xabarda aytilishicha, o‘rganishlar ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar, shuningdek, ochiq ma’lumotlarga asoslangan.