Norvegiyalik shaxmatchi Magnus Karlsen 26−28-dekabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan shaxmatning rapid usuli bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib chiqdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz” muxbiri.

Karlsen 13 raundda birorta mag‘lubiyatga uchramay (7 g‘alaba va 6 durang), 10 ochko jamg‘ardi. Norvegiyalik bundan avval 2014, 2015, 2019 va 2022-yillarda ushbu musobaqa g‘olibi bo‘lgan edi.

Ikkinchi o‘rinni Sloveniya vakili bo‘lgan rossiyalik Vladimir Fedoseyev egalladi. Uning hisobida 9,5 ochko bor (7 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat va 5 durang).

Uchinchi o‘rin xitoylik Yuy Yan’iga nasib etdi — 9 ochko (5 g‘alaba va 8 durang).

Nodirbek Abdusattorov. Foto: Husniddin Ato / PressPhotoUz.Nodirbek Abdusattorov. Foto: Husniddin Ato / PressPhotoUz.

Yana 11 nafar shaxmatchi 9 ochko jamg‘argandi. Ular orasida 11-o‘rinni egallagan o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov ham bor. U uchlikka kirishi mumkin edi, ammo rossiyalik Volodar Murzinga qarshi so‘nggi partiyada durang o‘ynab qo‘ydi.

Jahongir Vohidov.Jahongir Vohidov.

Jahongir Vohidov 30, Javohir Sindarov 38, Shamsiddin Vohidov 41, Muhiddin Madaminov 44-o‘rinni egalladi. To‘rttalasi ham 8 ochkodan qo‘lga kiritdi.

магнус карлсен, нодирбек абдусатторов, rapid va blits bo‘yicha jahon chempionati, шахмат

To‘liq turnir jadvali

29−30-dekabr kunlari Samarqand shahrida blits bo‘yicha jahon chempionati ham bo‘lib o‘tadi. Ushbu turnirning amaldagi chempioni ham Magnus Karlsen hisoblanadi.