IQAir havo sifati monitoringi platformasida Toshkent shahri havosi 14-dekabr kuni ertalab “xavfli” (soat 9:17 holatida) deya qayd etildi, bunda ifloslanish darajasi me’yordan 55 baravarga oshganini ko‘rish mumkin.

Infografika: IQAirInfografika: IQAir

Havo sifati indeksi 300 dan oshsa, “xavfli” deb ataladi. Tavsifga ko‘ra, ushbu daraja barcha uchun jiddiy zarar keltirishi mumkin bo‘lgan sifat ko‘rsatkichi hisoblanadi.

Iqlimshunos Erkin Abdulahatovning bildirishicha, poytaxtda atmosfera quyi qismi zaharli tutun bilan muallaq o‘ralib turibdi. “Bu, taxminimcha, ko‘proq ko‘mir yoqish va boshqalar ta’sirida hosil bo‘ldi”, — dedi u.

Bunday ob-havo sharoitida ochiq havoda va uyda ham niqob taqish, havo tozalagichlardan foydalanish, derazalarni ochmaslik, tashqarida olib boriladigan faoliyat turlari bilan shug‘ullanmaslik tavsiya etiladi.

Soat 10:00 ga kelib, sifat ko‘rsatkichi “juda nosog‘lom” darajaga tushdi.