13-dekabr kuni soat 10:13 da O‘zbekistonning ayrim hududlarida zilzila qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

Epitsentr: Navoiy viloyatining Xatirchi tumaniga to‘g‘ri keldi. Zilzila koordinatalari: 40,31 gradus shimoliy kenglik; 65,81 gradus sharqiy uzunlik, magnituda: 4,2, chuqurlik esa 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 306 km janubi-g‘arbda.

Silkinish kuchi

Navoiy viloyati: Xatirchi (3−4 ball), Nurota, Karmana (2 ball), Navbahor (3 ball) tumanlari, Navoiy shahri (2 ball).

Samarqand viloyati: Narpay, Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi, Qo‘shrabot tumanlari (2 ball).