Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) “Eng yaxshi yosh futbolchi” sovrini uchun nomzodlarni e’lon qildi. Mukofot 2003-yilning 1-yanvaridan keyin tug‘ilgan futbolchiga beriladi.

120 mamlakat jurnalistlari va futbol ekspertlaridan iborat IFFHS xalqaro hakamlar hay’ati yanvar oyi oxirida mukofot natijalarini sarhisob qiladi.

To‘liq ro‘yxat: Jud Bellinghem (“Real” Madrid), Jamal Musiala (“Bavariya”), Gavi (“Barselona”), Florian Virs (“Bayer”), Xavi Simons (“RB Leypsig”), Lamin Yamal (“Barselona”), Alexandro Balde (“Barselona”), Rasmus Hoylund (“Manchester Yunayted”), Evan Fergyuson (“Brayton”), Uorren-Zair Emeri (PSJ), Matias Tel (“Bavariya”), Romeu Lavia (“Chelsi”), Levi Koulell (“Chelsi”), Benjamin Sheshko (“Leypsig”), Vitor Roke (“Barselona”), Alexandro Garnacho (“Manchester Yunayted”), Endrik (“Real”), Xulio Ensiso (“Brayton”), Savio (“Jirona”), Rikardo Pepi (“PSV”), Usmon Diomande (“Sporting”), Karlos Baleba (“Brayton”), Ernest Numa (“Lion”), Karim Konate (“Red Bull”), Abbosbek Fayzullayev (SSKA).

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek 2023-yilning yozida SSKAga Toshkentning “Paxtakor” klubidan 500 ming yevro evaziga o‘tgandi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, uning hozirgi transfer narxi 2 million yevroni tashkil qiladi.