29-noyabr kuni Toshkent shahri Yangihayot tumanida yo‘lovchi avtobus va yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Toshshaxartransxizmat” kompaniyasi matbuot xizmati.

Soat 06:50 atrofida “4-avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi 132-sonli Mercedes-Benz avtobusi Binokor ko‘chasi bo‘ylab “Toshkent” mahallasi tomonga harakatlanish uchun orqaga qayrilgan. Shu paytda qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan MAN yuk mashinasiga kelib urilgan.

Dastabki ma’lumotga ko‘ra, ushbu YTH oqibatida 3 nafar avtobus yo‘lovchisi yengil tan jarohati olgan. Avtobus va yuk avtomobili texnik shikastlangan.

Yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.