oktabr oyi yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonda barcha avtotransport vositalarining sotuvi 24 foizga ko‘payib, 183 mingtani tashkil etdi va o‘tgan yilning oktabr oyiga nisbatan 62 foizga o‘sdi, deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhida.

Yengil avtomobillar bozorida oktabr oyida savdo 168 mingni tashkil etib, oy davomida 23 foizga oshdi. Eng katta o‘sish Sirdaryoda (47 foiz), Qashqadaryo (43 foiz) va Farg‘ona viloyatlarida (39 foiz) kuzatildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa yengil avtomobillar savdosi 62 foizga oshdi.

Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziFoto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

“oktabr oyida Damas/Labo, Cobalt va Lacetti budjet modellari narxi ko‘tarilganiga qaramay, UzAuto Motors tomonidan shartnomalar qayta tiklanishi fonida noyabr oyida yengil avtomobillar savdosi ham oshishi kutilmoqda”, — deyiladi sharhda.

Birlamchi bozor

Oy davomida yangi yengil avtomobillar bozorida o‘tgan yilning oktabr oyiga nisbatan faollik ikki baravar ortib, deyarli 25 mingta avtomobil sotildi. sentabr oyida yangi mahalliy yengil avtomobillar savdosi 4,2 foizga oshgan bo‘lsa, oktabr oyida 15 foizga oshdi va deyarli 39 mingtani tashkil etdi.

иқтисодий tadqiqotlar va islohotlar markazi

Xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar bozorida bir oy oldin pasayish qayd etilgan bo‘lsa, oktabr oyida sotuvlar deyarli 6 mingtani tashkil etib, 30 foizga o‘sdi. O‘tgan yilning oktabr oyiga nisbatan esa faollik 3 baravar oshgan.

иқтисодий tadqiqotlar va islohotlar markazi

Ikkilamchi bozor

oktabr oyida ham ikkilamchi avtomobil bozori o‘sishda davom etdi. Haydalgan yengil avtomobillar savdosi 124 mingtadan oshdi, bu bir oy oldingiga nisbatan 26 foizga ko‘p hisoblanadi. O‘tgan yilning oktabr oyiga nisbatan o‘sish 46 foizni tashkil etdi.

Elektromobillar bozori

Elektromobillar savdosi ketma-ket ikkinchi oy pasaydi. oktabr oyida 2,7 mingta elektromobil sotildi, bu sentabr oyiga nisbatan 26 foizga kam. Hududlar miqyosida qaralganda, Toshkentdagi elektromobil bozori sezilarli darajada pasaydi, sentabr oyida 2,5 mingta elektromobil sotilgan bo‘lsa, oktabr oyida sotuvlar 45 foizga qisqarib, 1,4 mingtani tashkil etdi.

O‘tgan yilning oktabr oyiga nisbatan solishtirganda esa elektromobillar savdosi 5,6 baravar oshgan. Agar elektromobillar birlamchi bozorida sotuvlar o‘tgan yilga nisbatan 6 baravar oshgan.

Shu bilan birga, elektromobillarning ikkilamchi bozori avvalgi oyda kuzatilgani kabi o‘sishda davom etmoqda. oktabr oyida sotuvlar 30 foizga oshdi.

иқтисодий tadqiqotlar va islohotlar markazi