Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatiga saralash turnirining ikkinchi bosqichi doirasidagi ikkinchi o‘yinda Eron bilan durang o‘ynadi. 21-noyabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yin 2:2 hisobida yakunlandi.

Eronliklar birinchi bo‘lib hisobni ochishdi — 14-daqiqada himoyachi Ramin Rezaeyan o‘ng qanotdan zarba yo‘lladi, darvozabon O‘tkir Yusupov xatoga yo‘l qo‘ydi va gol o‘tkazib yubordi. Ikkinchi gol esa 38-daqiqada Portugaliyaning “Portu” va Eron terma jamoasi hujumchisi Mehdi Taremi darvozabon bilan yakkama-yakka chiqdi va darvozani aniq nishonga oldi.

O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi bo‘limda “kambek”ni amalga oshirdi. Dastlab yarim himoyachi Oston O‘runov raqibning muvaffaqiyatsiz uzatmasidan unumli foydalanib, 52-daqiqada to‘pni darvozaga yo‘lladi. Uchrashuv oxiriga kelib, hujumchi Igor Sergeyev zaxiradan maydonga tushib, bir daqiqadan so‘ng — 83-daqiqada O‘runovning uzatmasini golga aylantirdi va hisobni tenglashtirdi.

“E” guruhida Eron 4 ochko bilan birinchi o‘rinni saqlab qoldi. O‘zbekiston 4 ochko bilan ikkinchi, parallel o‘yinda durang o‘ynagan (2:2) Turkmaniston va Gonkong (1 ochko) uchinchi va to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Shu tariqa, so‘nggi 13 ta to‘qnashuvda milliy terma jamoa Eron darvozasiga birinchi marta ikkita gol urdi va 2012-yilning noyabridan buyon rasmiy o‘yinda ilk golini kiritdi. Umuman olganda, o‘zbekistonliklar bu qarama-qarshilikda atigi bitta g‘alabaga erishgan, 2-marta durang o‘ynagan va 10-marta mag‘lubiyat alamini totgan. O‘zbekiston terma jamoasi raqib darvozasiga 5 ta to‘p kiritib, 18 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

O‘zbekiston navbatdagi o‘yinini Osiyo Kubogi guruh bosqichi doirasida 13-yanvar kuni Suriyaga qarshi o‘tkazadi.

Video

O‘yinning to‘liq videosi

Tarkiblar

жч-2026 saralash, ўзбекистон - эрон, футболжч-2026 saralash, ўзбекистон - эрон, футбол

Foto

жч-2026 saralash, ўзбекистон - эрон, футбол