16-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilar unutib qoldirgan yuklar sotilishi bilan bog‘liq xayriya aksiyasi o‘tkazilayotgani haqida xabar tarqaldi.

Xabarlarda aeroport o‘z omboridagi yo‘qolgan yuklarni ichidagi turli xil narsalari bilan birgalikda 26 ming so‘mdan sotayotgani, respublika bo‘ylab yetkazib berish xizmati mavjudligi yozilgan.

uzbekistan airports

Uzbekistan Airports kompaniyasi holat yuzasidan munosabat bildirarkan, mazkur xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmasliginii bildirdi, shuningdek, yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikka va firibgarlarga pul o‘tkazmaslikka chaqirdi.

“O‘zbekistonning 11 ta xalqaro aeroportlaridan birortasi, shuningdek, UzCargo va Uzbekistan Airports Handling sho‘ba korxonalari tomonidan yo‘lovchilarning unutilgan yuklari sotilmaydi va uchinchi shaxslarga topshirilmaydi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kilanishicha, barcha yo‘qolgan yuklar aeroport omborlarida 3 oy mobaynida saqlanadi va saqlash muddati tugashi bilan utilizatsiya qilinadi.