13-noyabr kuni Toshkent shahrining 3 ta tumanida issiq suv va isitish tizimi vaqtincha o‘chiriladi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli “Chuqursoy” podstansiyasida nosozlik yuzaga kelgan. Buning oqibatida Yunusobod tumanida joylashgan 4-qozonxonaning 2 navbati o‘chirilgan.

Shu sababli, quyidagi manzillarda issiq suv va issiqlik ta’minoti bo‘lmaydi:

Yunusobod tumani

  • Markaz-2, Markaz-4, 5-, 6-mavzelarida joylashgan turar joylar, ijtimoiy muassasa va ma’muriy binolar.
  • Hakimzoda, J. Obidova, Ergasheva, Niyozbek yo‘li, Arifova ko‘chalari, Amir Temur va Qorasaroy shohko‘chalari.

Olmazor tumani:

  • Qoraqamish 1/1, Qoraqamish ½, Qoraqamish 2/1, Qoraqamish 2/3, Qoraqamish 2/5, Markaz-22 mavzelari, G‘ofur G‘ulom, Taxtapul, Sebzor, Markaz-17/18, Shimoliy Olmazor, A. Bobojonova, Qorasaroy, Fayzi Baland, Abduraxmonov, Sag‘bon, Yolqin, Dadaboyev, O‘rozboyev, Yunusov, Muxbir, Keles yo‘li, Noraztepa ko‘chalarida joylashgan turar joylar, ijtimoiy muassasa va ma’muriy binolar.

Shayxontohur tumani:

  • Zulfiyaxonim, U. Yusupov, Labzak ko‘chalarida joylashgan turar joy uylari.

Hokimlik ta’minot avvaliga soat 18:00 ga qadar tiklanishini bildirdi. So‘ngra xabarni tahrirlab, yarim tunga qadar tiklanishini ma’lum qildi.