HONOR texnologik brendi O‘zbekiston aholisi orasida o‘ziga xos ovozni topish maqsadida tashkillashtirilgan HONOR OVOZI loyihasi g‘olibini aniqladi.

2023-yil 9-oktabrdan 25-oktabrgacha bo‘lgan vaqt davomida birinchi bosqichda mamlakatning istalgan fuqarosi loyihaga qo‘shilishi va brendning O‘zbekistondagi “ovoz elchisi” bo‘lishi mumkin edi. Loyihada ishtirok etish uchun tanlov uchun maxsus yaratilgan saytga Go beyond HONOR iborasi yozilgan ovoz namunasini yuklash lozim edi.

HONOR vakolatli hakamlar hay’ati kompaniya nomining to‘g‘ri talaffuz qilinishi, ovozning kuchliligi, uning “rangi”, ishonarliligi va barcha tanlov ishtirokchilarining yozuvlari ravshanligini baholadi. Ushbu murakkab jarayonda loyihada ishtirok etish istagini bildirgan jami 10 000 dan ortiq namunalar tinglandi va 30 nafar finalchi tanlab olindi.

Shundan so‘ng ikkinchi bosqich boshlandi: 2023-yil 30-oktabrdan 5-noyabrgacha mamlakatning barcha aholisi finalchilarning ovozi yozilgan audiolarni diqqat bilan tinglash imkoniga ega bo‘ldi. Audio fayllarni ko‘rib chiqqandan so‘ng, 1800 dan ortiq kishi ularni baholadi va tanlov saytida o‘zlarining sevimli audio yozuvlari uchun ovoz berishdi.

HONOR OVOZI loyihasi doirasida o‘tkazilgan ommaviy ovoz berish natijalariga ko‘ra, Qo‘qon shahridan Muzaffarjon Ne’matov g‘olib deb topildi. Unga 751 kishi ovoz berdi. Ovoz berishning barcha natijalari bilan honorovozi.uz saytida tanishish mumkin.

honor, honor ovozi, reklama

“Notiqlik va suhandonlik mening sevimli hobbiym. Yaqinda bir tanishim Honor kompaniyasi o‘z slogani uchun noyob ovoz qidirayotgani va tanov e’lon qilgani haqida aytib qoldi. Men ham yangicha yo‘nalishda o‘zimni sinab ko‘rishga qaror qildim va bugun g‘oliblik nasib qildi. Ushbu loyihaning tashabbuskori bo‘lgan Honor kompaniyasiga va ovoz berib qo‘llab quvvatlagan xalqimizdan minnatdorman”, — o‘rtoqlashdi Muzaffarjon Ne’matov.

G‘olibning ovozi O‘zbekistonda qo‘llaniladigan HONOR brendining reklama roliklari va marketing materiallari oxirida ishlatiladi. Shuningdek, ommaviy ovoz berish yo‘li bilan tanlangan Muzaffarjon HONOR`dan texnologik qurilmalar to‘plami: HONOR X9a, HONOR X8a, HONOR X7a i HONOR 90 smartfonlari, HONOR Choice Earbuds X3 Lite quloqchinlari va Magicbook X14 2023 noutbuki bilan taqdirlandi

“O‘zbekiston barchani o‘z mehmondo‘stligi va noyobligi bilan hayratda qoldiradi. Bu yerda insonlar juda ijodkor, asosiysi, har yerda ko‘plab iqtidorlarni topish mumkin. Bularni ko‘rib, biz HONOR ularga yordam berishi va bir vaqtning o‘zida ularga o‘zlarini ifodalashga imkon berishi mumkinligini angladik. Jamoamiz barcha ishtirokchilarning ovoz yozuvlarini bir necha martadan tinglab, g‘olibni saralab olishga juda puxta yondashdi. Men o‘zim ham har bir nomzodga ovoz berdim. Natijada Muzaffar eng ko‘p ovoz to‘pladilar. Men g‘olibni chin dildan tabriklayman, hamda HONOR va O‘zbekiston xalqi qatnashadigan yana yangi loyihalarni kutib qolaman”, — HONOR kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Chen Long aytib o‘tdi.

HONOR brendi kelgusida ham O‘zbekiston aholisi va mehmonlarini yangi loyihalar va qiziqarli gadjetlar bilan xursand qilishda davom etadi.

Reklama huquqlari asosida.