O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib boruvchi ilmiy unvonga ega professor-o‘qituvchining o‘rtacha bir oylik ish xaqi miqdori 9 mln 489 ming so‘mni tashkil etmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan 2024−2026-yillarga mo‘ljallangan budjetnomada ma’lumot berilgan.

Ko‘rsatkich 2022-yilga nisbatan (8 mln 868 ming so‘m) 620 ming so‘mga oshgan. 2024-yilda esa 10 mln 438 ming so‘mgacha oshishi kutilmoqda (+949 ming so‘m).

Skrin: “budjetnoma 2024−2026”Skrin: “budjetnoma 2024−2026”

2023-yilda davlat OTMlaridagi o‘qituvchilar soni 2022-yilga nisbatan (47,5 ming) 1000 nafarga oshib, 48,5 ming nafarga yetgan. 2024-yilda bu ko‘rsatkich 50,2 ming kishigacha yetishi kutilmoqda. Bunga, o‘z navbatida, davlat OTMlari soni ortishi sabab bo‘lishi mumkin. Qayd etilishicha, davlat OTMlari soni 2024-yilda 8 taga ko‘payib, 140 taga yetishi kutilmoqda.