Dalat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi, deya xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Gumonlanuvchi M.X., D.X. va boshqalar fuqaro R.M.ni 20 ming dollari evaziga AQShga viza hujjatlarini rasmiylashtirib, ishga yuborishni va’da qilgan. Biroq oldindan 15 ming dollarni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.