Toshkent shahri Mirobod tumani Nukus ko‘chasida 5-noyabr kuni soat taxminan 20:30 da harakatlanib ketayotgan Matiz avtomashinasi yonib ketdi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”ga Toshkent shahri IIBB YHXB matbuot xizmati.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida yuzaga kelgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Holat yuzasidan shahar IIBB YHXB va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan dastlabki tekshiruv ishlari olib borilmoqda.