8-noyabrdan 10-noyabrgacha Toshkentning ayrim ko‘chalarida harakatlanish cheklanadi, deya xabar bermoqda poytaxt IIBB matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, yo‘llar yopilishi 8−9-noyabr kunlari O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitini yuqori saviyada o‘tkazish bilan bog‘liq.
Xususan, quyidagi ko‘chalarda harakatlanish cheklanadi:
- Islom Karimov nomidagi aeroport maydonidan Bobur ko‘chasi bo‘ylab Bobur — Shota Rustaveli chorrahasigacha;
- Nukus — Bobur chorrahasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab Movarounnahr ko‘chasigacha;
- Oybek — Turkiston chorrahasidan Oybek, Afrosiyob va Olmazor ko‘chalari;
- Islom Karimov — Bunyodkor chorrahasidan Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur — Islom Karimov chorrahasigacha;
- Sharof Rashidov — Afrosiyob chorrahasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Kichik halqa aylanma yo‘ligacha;
- Navoiy — Mustaqillik chorrahasidan Navoiy — Labzak chorrahasigacha;
- Furqat — Beshyog‘och chorrahasidan Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov — Beshyog‘och chorrahasigacha;
- Olmazor — Islom Karimov chorrahasidan Olmazor ko‘chasi bo‘ylab Navoiy ko‘chasigacha.
Xarita: YHXX
Xabarga ko‘ra, harakatlanish cheklangan ko‘chalarda tez-tibbiy yordam, favqulodda vaziyatlar bo‘linmalari transport vositalariga istisno tariqasida harakatlanish uchun ruxsat beriladi.
YHHX yo‘llarda tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qildi.
Toshkent IIBBning qo‘shimcha qilishicha, 8 va 9-noyabr kunlari Toshkentga yuk tashuvchi transport vositalarining kirishi qisman cheklanadi.
Shu kunlarda Toshkentdagi yuk tashuvchi transport vositalarining shahar markazida harakatlanishi to‘liq to‘xtatiladi, deyiladi xabarda.
Xarita: Toshkent shahar IIBB
Boshqarma sammit doirasida belgilanadigan vaqtinchalik cheklovlar sababli vodiydan vohaga hamda vohadan vodiyga harakatlanish 4P-12 avtomagistral yo‘li orqali amalga oshirilishini eslatib o‘tdi.