Juma kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz o‘tadi, faqat tog‘li hududlarning ayrim qismida kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” matbuot xizmati xabar berdi. Havo harorati +20…+25 daraja iliq bo‘ladi.

Dam olish kunlari mamlakat bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Havo harorati asta-sekin ko‘tarilib, yakshanba kuni kunduzi havo +26…+29 darajagacha isiydi.

30-oktabr, dushanba kuni ham mamlakat bo‘ylab xuddi shunday quruq va iliq ob-havo davom etadi.

Toshkentda 27−29-oktabr kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Juma kuni havo harorati kunduzi +22…+24 daraja, shanba kuni +24…+26 daraja, yakshanba kuni esa +26…+28 darajagacha isiydi. Kechasi harorat +9…+12 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda.