Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi xususiy bog‘chalarning birida tarbiyachi bolalarni kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi.

Videoda xonaga kirgan tarbiyachi bolalarning boshiga urib, ularni o‘rniga yotqizayotganini ko‘rish mumkin.

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirarkan, voqea “Adolat Dinora orzulari” nodavlat ta’lim muassasasida sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

“Tabiyachi Q.Z. tarbiyalanuvchilarga qo‘pol munosabatda bo‘lgani va ichki mehnat tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi”, — deyiladi xabarda.