Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS Tashkent) “Qishki qabul 2023−2024” jarayoni boshlanganini e’lon qildi.

mdis tashkent, реклама

Hujjat topshirish muddati 25-noyabrgacha davom etadi.

mdis tashkent, реклама

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish uchun institut rasmiy saytidagi qabul bo‘limiga kirgan holda quyidagi hujjatlarni elektron variantlarini yuklashlari talab etiladi:

  • ariza;
  • pasport yoki ID-karta (doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzili bilan);
  • ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatlardan biri:
    • IELTS — 5,5 va undan yuqori;
    • CEFRL — B2;
    • MDIS English Test — 5,5 va undan yuqori;
  • fotosurat — 3,5*4,5 hajm va JPEG formatida;
  • o‘rta ta’lim darajasiga ega diplom va baholar ilovasi (ingliz tiliga tarjima qilingan holda).

mdis tashkent, реклама

Ushbu qabulga o‘rta ta’limni to‘liq yakunlaganlar hujjat topshirishlari mumkin:

  • 11 yillik umumta’lim maktabi;
  • akademik litsey;
  • kasb-hunar kolleji.

2023-yilning bahor, yoz va noyabr oyida TSMRI kirish imtihonidan (MDIS English Test) 5,5 va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlar natijalari qishki qabul uchun ham amal qiladi.

Endi o‘qishga kirish uchun, shuningdek, 4,5 — 5,0 balli IELTS ko‘rsatkichga ega abituriyentlar ham institutning o‘zida faoliyat olib borayotgan intensiv tayyorlov kurslarida qatnashishlari mumkin. Kurs haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olsa bo‘ladi.

mdis tashkent, реклама

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti O‘zbekiston prezidentining 2007-yil 5-sentabrdagi PQ 691-son qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib, institut bitiruvchilariga tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Singapur menejmentni rivojlantirish institutining sheriklaridan bo‘lgan yetakchi xalqaro oliy ta’lim muassasalaridan birining diplomi berilishi, bu diplom O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etilishi belgilab qo‘yilgan.

mdis tashkent, реклама

Institutda bugungi kunda Buyuk Britaniyaning uchta universiteti, jumladan, Bangor University, University of Sunderland hamda Teesside University universitetlarining 15 ta bakalavr va 3 ta magistratura yo‘nalishdagi ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yilgan.

Qabul komissiyasining ish jadvali: dushanbadan jumaga soat 10:00 dan 17:00 gacha.

Qabul jarayoni haqida ma’lumot quyidagi telefonlar orqali olish mumkin: (+998) 71−271−77−02, (+998) 71−276−90−82.

Sayt: admission.mdis.uz
E-mail: inbox@mdis.uz

Reklama huqulari asosida.