19-oktabr kuni Toshkentda InnoWeek.Uz-2023 xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “Jahon bankining „O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish“ (MUNIS) loyihasining amalga oshirilishi: joriy faoliyat va kelgusi rejalar” panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

reklama

Jahon banki Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-apreldagi “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 172-son qaroriga muvofiq boshlangan hamda hozirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi davom ettirayotgan MUNIS loyihasini moliyalashtirish orqali O‘zbekistonning innovatsion siyosati kun tartibini qo‘llab-quvvatlamoqda.

MUNIS loyihasi tadqiqot va ishlanmalarning (R&D) natijadorligi va iqtisodiy qiymatini oshirish, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlar, texnologiyalar va jarayonlarni ishlab chiqish uchun korxona darajasidagi innovatsiyalarni rag‘batlantirish maqsadida siyosiy vositalar to‘plamini ta’minlash, shuningdek, Xalqaro ekspertlar kengashi (XEK) va texnologiyalar transferi markazi (TTM) kabi yangi institutlarni yaratishga yo‘naltirilgan uchta asosiy komponentdan iborat. Ular:

  1. Ilmiy-tadqiqot ishlarining sifati va dolzarbligini oshirish, shuningdek, maxsus raqobatbardosh moliyalashtirish dasturlari orqali ilmiy-tadqiqot institutlarini modernizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash.
  2. Innovatsiyalarni birgalikda moliyalashtirish, mahalliy yetkazib beruvchilarni rivojlantirish dasturi va milliy infratuzilmani modernizatsiya qilish orqali barqaror innovatsiyalar va sanoat-akademik hamkorlikni rag‘batlantirish.
  3. Pilot mexanizmlarni ishlab chiqish, joriy etish va davlat siyosatining asosiy vositalariga integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatlash uchun texnik ko‘mak dasturlarini moliyalashtirish.

Bundan tashqari, MUNIS loyihasi ko‘rsatilgan tadbirlarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun texnik yordam va salohiyatni oshirishga qaratilgan.

reklama

Ushbu sessiyaning asosiy maqsadi MUNIS loyihasining amalga oshirilishini muhokama qilishdir. Xususan, quyida keltirilgan har bir kichik komponent doirasida ishlab chiqilgan va joriy etilgan fan va innovatsiyalar sohasini rivojlantirish mexanizmlari batafsil yoritib berildi.

Birinchi subkomponent

1.1-subkomponent ilmiy tadqiqot sifatini oshirish dasturi (REP) davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari tadqiqot sifatining xalqaro standartlariga erishishga intilish qobiliyatini oshirishga qaratilgan. Bunga erishish uchun subkomponent ikkita asosiy mezonga asoslangan zamonaviy tadqiqotlarni moliyalashtirish vositalarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi — ilmiy qiymat va potensial nuqtai nazardan qat’iy saralanganligi yoki natijalarning ijtimoiy ahamiyatga egaligi. REP, shuningdek, yosh tadqiqotchilar uchun xalqaro hamkorlik va martaba rivojlanishiga ustuvor ahamiyat beradi.

1.2-subkomponent ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish dasturi (RCP) ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishni rivojlantirishga qaratilgan. Uning maqsadi yangi va sifatli ish o‘rinlari hamda sotiladigan mahsulot va xizmatlarni yaratish orqali munosib benefitsiarlarning uzoq muddatli tijoriy barqarorligini rag‘batlantirish va mustahkamlashdan iborat. Ish bilan ta’minlash imkoniyatlari ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirishda, shuningdek, butun dunyo bo‘ylab yuqori texnologiyali mahsulotlarni loyihalash, ishlab chiqarish va yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘ladi.

1.3-subkomponent davlat ilmiy tashkilotlarini modernizatsiya qilish (PRIM) bo‘lib, u davlat ilmiy-tadqiqot institutlarini institutsional modernizatsiya qilish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, subkomponent tadqiqot infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun texnik yordam ko‘rsatadi.

reklama

Ikkinchi subkomponent

2.1-subkomponent — innovatsion salohiyatni rivojlantirish dasturi (ICP). Subkomponentning maqsadi kichik va o‘rta korxonalarga yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlarni ishlab chiqish, ularning ichki, mintaqaviy va global bozorlarda kengayishiga imkon berishdir. ICP quyidagilarni moliyalashtiradi:

  • yetkazib beruvchilarni rivojlantirish tashabbusi (SDI) doirasida mahalliy kichik va o‘rta korxonalar tomonidan sifat standartlarini qabul qilish uchun yetkazib beruvchilarni rivojlantirishga muvofiqlashtirish grantlari;

    milliy sifat infratuzilmasining (NQI) tanlangan qismlarini modernizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun xarid qilish mumkin bo‘lgan jihoz-uskunalar bilan maqsadli texnik yordam, uskunalar sotib olish va tartibga solish islohotlarini amalga oshirish.

  • milliy sifat infratuzilmasining (NQI) tanlangan qismlarini modernizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun xarid qilish mumkin bo‘lgan jihoz-uskunalar bilan maqsadli texnik yordam, uskunalar sotib olish va tartibga solish islohotlarini amalga oshirish.

2.2-subkomponent — ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalariga biznes-investitsiya dasturi (BIRD). Subkomponentning maqsadi kichik va o‘rta biznesning ilmiy-tadqiqot ishlariga investitsiyalarini rag‘batlantirishdan iborat. Ushbu subkomponent tadqiqotni tijoratlashtirishning keyingi bosqichlarini, kichik va o‘rta biznesdagi ilmiy-tadqiqot loyihalarini hamda bilimga asoslangan startaplarning dastlabki bosqichlarini qo‘llab-quvvatlaydi. BIRD kichik va o‘rta biznesning qo‘shma R&D-loyihalar, shuningdek, kichik va o‘rta biznes hamda davlat tadqiqot institutlari o‘rtasidagi qo‘shma R&D-loyihalar uchun mos keladigan grantlarni taklif qiladi.

Tadbirda ishtirok etish uchun 150 dan ortiq ilmiy va biznes hamjamiyatlari vakillari, xalqaro ekspertlar, vakolatli davlat organlari va manfaatdor tashkilotlar xodimlari taklif etildi.

Reklama huquqlari asosida.