Shavkat Mirziyoyev 18-oktabr kuni Pekin shahrida Xitoy kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi.

Dastlab davlati rahbari China CAMC Engineering kompaniyasi raisi Van Boni qabul qildi.

CAMCE — Xitoyning injiniring xizmatlarini ko‘rsatuvchi hamda sanoat va infratuzilma sohalarida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi yetakchi korporatsiyasi.

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, kompaniya O‘zbekistonda katta ish tajribasiga ega. Bugungi kunda CAMCE 2025-yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida olimpiya shaharchasi qurilishida ishtirok etmoqda.

china camc engineering, china energy engineering corporation, state grid, хитой

Bundan tashqari, kompaniya Kitobdagi sayyohlik zonasi loyihasi doirasida Qashqadaryoda osma dor qurishni rejalashtirayotgani, shuningdek, Xitoyning boshqa kompaniyalari bilan Beshariq va Farg‘ona tumanlarida umumiy qiymati 1 mlrd dollar bo‘lgan fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha to‘rtta shartnoma imzolangani haqida xabar berilgan edi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda qo‘shma loyihalarni ko‘paytirishning amaliy jihatlari, jumladan, mamlakat hududlarida gidrotexnik inshootlar va Yangi Toshkentda zamonaviy infratuzilmani barpo etish, ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

china camc engineering, china energy engineering corporation, state grid, хитой

Mirziyoyev qo‘shma loyihalar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga topshiriq berdi.

Shu kuni davlat rahbari O‘zbekiston China Energy Engineering Corporation raisi Sun Xaylyan билан ham uchrashuv o‘tkazdi.

Zamonaviy energetika, infratuzilma va sanoat obyektlarini loyihalashtirish va qurish borasida katta tajribaga ega Xitoyning China Energy yetakchi korporatsiyasi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqda. Kompaniya aktivlarining qiymati 150 milliard dollardan ortiq.

Uchrashuvda kompaniya O‘zbekiston energetikasini texnologik modernizatsiya qilishda faol ishtirok etayotgani qayd etildi.

china camc engineering, china energy engineering corporation, state grid, хитой

China Energy Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida quyosh va shamol elektr stansiyalari, Sirdaryo viloyatida issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihalarini amalga oshirmoqda. Kompaniya Navoiy viloyatida gibrid elektr stansiyasini barpo etishda ishtirok etish niyatida ekani ta’kidlandi.

Bundan tashqari, sentabr oyida Samarqand viloyatida sement ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy quvvatlar birgalikda ishga tushirildi.

China Energy bilan sheriklik istiqbollari, shu jumladan, infratuzilma obyektlarini modernizatsiya qilish, energiyani saqlash tizimlarini tashkil etish, energetika tarmog‘ini 2030-yilgacha rivojlantirish dasturi doirasida malakali mutaxassislarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Suv xo‘jaligida kooperatsiya qilish, sanoatning turli tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga ham alohida e’tibor qaratildi.

Pekinga amaliy tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev State Grid kompaniyasi raisi Sin Baoanni ham qabul qildi.

Xitoyning elektr tarmoqlari korporatsiyasi ushbu sohadagi global yetakchi bo‘lib, Fortune Global 500 reytingida yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda.

Kompaniya elektr uzatish tarmoqlarini barpo etish va ularni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish borasida, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarda katta tajribaga ega. Aktivlari qiymati 800 milliard dollar atrofida.

Ushbu kompaniya ishtirokida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, jumladan, yuqori voltli elektr uzatish liniyalarini qurish va infratuzilma obyektlarini modernizatsiya qilish, bunda ilg‘or injiniring yechimlari va yuksak texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

china camc engineering, china energy engineering corporation, state grid, хитой

Mamlakat energetika tarmog‘i uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.