O‘zbekiston maktablarida kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”ga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qaroriga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun etib belgilangan.

2023-yilgi o‘quv yili 1-chorak oxirgi o‘qish kuni 3-noyabrga to‘g‘ri keladi. II chorak o‘qishning birinchi kuni 10-noyabr kuni boshlanadi.