2-oktabr, dushanba kuni Eronning Isfahon shahridagi Chilustun saroyida 800 ga yaqin ilm arboblari ishtirokida Islom olamining eng yaxshi tadqiqotchilari va olimlariga beriladigan Mustafo (s.a.v.) mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda “Gazeta.uz” muxbiri ham ishtirok etdi.

Mukofot haqida

Mustafo (s.a.v.) mukofoti ilm-fan va texnologiya bo‘yicha mukofot bo‘lib, Islom Hamkorlik Tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlarning yetakchi tadqiqotchilari va olimlariga beriladi. Ta’kidlanishicha, ushbu mukofotga bunday nom berilishi payg‘ambarning ilmga doimo urg‘u bergani bilan bog‘liq.

иsфaҳон, мusтaфо (s.a.v.) mukofoti, эрон

Mukofot Islom olamidagi ko‘zga ko‘ringan olimlarni e’tirof etish va jahon miqyosida ilmiy hamkorlik va taraqqiyotga zamin yaratish maqsadida 2012-yilda ta’sis etilgan. Laureatlarning har biriga 500 ming AQSh dollari beriladi, bu Fan va texnologiyalar fondi (Mustafa Science and Technology Foundation (MSTF)) hisobidan moliyalashtiriladi. G‘olib, shuningdek, Mustafo (s.a.v.) medali va sertifikat bilan ham taqdirlanadi.

иsфaҳон, мusтaфо (s.a.v.) mukofoti, эрон

2016-yilda Science Magazine jurnali bu mukofotni Musulmon Nobeli deb atagan.

Ushbu mukofot bilan taqdirlash Eronda Islom birligi haftaligida 2015-yildan beri ikki yilda bir marta o‘tkazib kelinadi. Bu yil mukofotning 5-marta topshirilishi bo‘ldi.

Laureatlar “Axborot va kommunikatsiya fanlari hamda texnologiyalari”, “Hayotiy va tibbiy fanlar hamda texnologiya”, “Nanofan va nanotexnologiya”, “Asosiy va muhandislik fanlari” kabi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanadi.

иsфaҳон, мusтaфо (s.a.v.) mukofoti, эрон

Nominatsiyalar quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: tabiiy fanlar, matematika va statistika; axborot-kommunikatsiya texnologiyalari; muhandislik, ishlab chiqarish va qurilish; qishloq, o‘rmon xo‘jaligi, baliqchilik va veterinariya; salomatlik, kognitiv fan, islom iqtisodiyoti va bank ishi.

2023-yilgi laureatlar

Professor Ahmad Fauziy Ismoil, Universiti Teknologi Malaysia oliygohi prorektori. “Asosiy va muhandislik fanlari” yo‘nalishi bo‘yicha.

Foto: Universiti Teknologi MalaysiaFoto: Universiti Teknologi Malaysia

1966-yil Kambodjada tug‘ilgan Ahmad Fauziyga bu mukofot membrana texnologiyasini tadqiq qilish va uning turli xil qo‘llanishiga qo‘shgan hissasidan kelib chiqqan holda taqdim etildi.

Professor mukofotni qabul qilib olarkan, nutqi davomida oilasi, o‘zi ishlaydigan universitet va yillar davomida uning faoliyati va izlanishlarini qo‘llab-quvvatlagan Malayziyadagi turli vazirliklarga minnatdorlik bildirdi.

“Men uchun tadqiqot faqatgina karera emas, balki chuqur hissiyotdir. Kashfiyot hayajoni, bilimga intilish va tinimsiz qiziquvchanlik meni har doim ilhomlantiradigan omillardir”, — deydi u.

иsфaҳон, мusтaфо (s.a.v.) mukofoti, эрон

Professor Ahmad Fauziy tadqiqotlarining markazida innovatsion polimerik, noorganik va aralash matritsali membranalarni ishlab chiqish yotadi. Yangi membranalar suvni tuzsizlantirish, oqova suvlarni tozalash, gazni ajratish jarayonlari, palma yog‘ini qayta ishlash, shuningdek, yonilg‘i xujayralari uchun gemodializ va polimer elektrolit membranalarini yaratishda qatnashadi.

Ahmed E. Hassan, Queen’s University (Kanada) professori. “Axborot va kommunikatsiya fanlari hamda texnologiyalari” yo‘nalishi bo‘yicha.

Foto: MSTFFoto: MSTF

1976-yilda Misrda tug‘ilgan Ahmed Hassan Mayning uchun dasturiy ta’minot repozitariylari (MSR) bo‘yicha ishi uchun mukofot oldi.

Doktor Hassan dunyoning bir qancha yurisdiksiyalarida, jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Yevropa, Hindiston, Kanada va Yaponiyada patentlar ixtirochisi hisoblanadi.

“Bunday e’tirof men va mening sohamga qanday mas’uliyat yuklashini bilaman. Biz zamonaviy sun’iy intellekt (SI) davrida dasturiy ta’minotning nima ekani, uning muhandisligi va MSR tadqiqotlari bunday dasturiy ta’minotning ishonchliligini qanday ta’minlashi mumkinligini qayta ko‘rib chiqishimiz kerak”, — deydi Ahmed Hassan.

Yigirma yildan ko‘proq vaqt davomida Hassan va uning jamoasi dasturchilarning ushbu tizimlardan foydalanishi, shuningdek, bunday tizimlardan foydalanish natijasida hosil bo‘ladigan katta hajmdagi ma’lumotlarni qo‘llab, ish mahsuldorligini va Ultra katta hajmdagi dasturiy ta’minot tizimlarining ishonchliligini oshirish ustida ishladi. Bunday ma’lumotlar orqali SI texnologiyalari (masalan, Foundation\Large Models) bilan birgalikda dasturchilarning ish mahsuldorligini va dasturiy ta’minot sifatini keskin oshirish mumkin.

“Bizning olim sifatida qoldiradigan abadiy merosimiz bu shogirdlarimizdir. Ularning orzu-intilishlari va qat’iyati kelajakni belgilaydi. Ushbu sayohatingizning bir qismi bo‘lish imkonini berganingiz nafaqat meni ilhomlantiradi, balki universitetdagi (Queen's — tahr.) stajyorlarim va keyingi yillardagi shogirdlarim uchun ham muhim bo‘ldi”, — dedi doktor Hassan mukofotni qabul qilib olarkan.

“MSRning bunday nufuzli mukofotda e’tirof etilishi sohaning insoniyatga va uning taraqqiyotiga ta’sirining kuchli e’tirofidir. Bu meni va butun MSR hamjamiyatini o‘z ustimizda yanada ko‘proq ishlashga undaydi, bu esa butun jamiyatga yanada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, — deya so‘zini yakunladi Ahmed Hassan.

Samiya Xuri, American University of Beirut (AUB) professori. “Hayotiy va tibbiy fanlar hamda texnologiya” yo‘nalishi bo‘yicha.

Foto: Samiya Xurining shaxsiy arxividan Foto: Samiya Xurining shaxsiy arxividan

Doktor Xuri 1958-yilda Livanda tug‘ilgan, poytaxt Bayrutdagi Amerika universitetining nevrologiya va immunologiya professori. Turli yillarda doktor Xuri Abu Haydar Neyrologiya instituti direktori va AUBMC Multiple Sclerosis (MS) markazi direktori, Bayrutdagi Amerika universitetida klinik tadqiqotlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, Garvard tibbiyot maktabining Nevrologiya bo‘yicha professori lavozimlarida ishlagan.

Tarqoq skleroz (MS) miya va orqa miyaga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan kasallik bo‘lib, ko‘rish, qo‘l yoki oyoq harakati, sezuvchanlik yoki muvozanat bilan bog‘liq muammolarni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli potensial simptomlarni keltirib chiqaradi. Bu umrbod davom etadigan holat bo‘lib, ba’zida nogironlikning og‘ir shakllariga olib kelishi mumkin.

Mustafo (s.a.v.) medali unga “MS bemorlarini parvarish qilishning yangi yondashuvlari: patogenezi va tartibga solish hamda tolerantlik mexanizmlari” nomli ishi uchun berildi.

иsфaҳон, мusтaфо (s.a.v.) mukofoti, эрон

Doktor Xuri MS bo‘yicha jahon yetakchisi sifatida tan olingan, u hozirda MS va immunologiya tadqiqotlarida faol yetakchi bo‘lgan o‘nlab tadqiqotchilarni tayyorlagan. U 200 dan ortiq ilmiy maqolalar, sharhlar va kitoblarni nashr etgan.

Professor Omid Faroxzod, Garvard tibbiyot maktabi katta o‘qituvchisi (AQSh). “Hayotiy va tibbiy fanlar hamda texnologiya” yo‘nalishi bo‘yicha.

Foto: NBIC+Foto: NBIC+

Omid Faroxzod 1969-yilda Eronda tug‘ilgan.

“Eron nanotexnologiyalar sohasida hamisha oldinda bo‘lgan. Bir necha yil oldin dunyoda bu sohada yettinchi o‘rinni egallagandi. Yaqinda esa mamlakat to‘rtinchi o‘ringa (Xitoy, Hindiston va AQShdan keyin — tahr.) ko‘tarilganiga guvoh bo‘ldim, bu men uchun haqiqatan ham g‘urur manbaidir”, — deydi turli kasalliklarni, xususan, saratonni davolashda qo‘llanadigan yangi polimerik nanopreparatlar bo‘yicha qilgan ishlari uchun mukofotni qo‘lga kiritgan Faroxzod.

иsфaҳон, мusтaфо (s.a.v.) mukofoti, эрон

Olim Eronda tibbiyot sohasida erishilgan yutuqlar, shuningdek, mahsulotlarni bozorga chiqarish yo‘lidagi harakatlar u o‘ylaganidan ancha oldinda ekanini qo‘shimcha qildi.

Omid Faroxzod Seer kompaniyasi raisi va bosh ijrochi direktori, shuningdek, Senti Bio direktori va PrognomiQ raisi lavozimlarida ishlaydi. U 180 dan ortiq maqola muallifi va berilgan va berilishi kutilayotgan 200 dan ortiq patentlar egasi sanaladi.

Faroxzodning ilmiy izlanishlari nanozarracha terapiyasi texnologiyalarini ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lib, ushbu tadqiqotchi tibbiy va terapevtik qo‘llanmalar uchun ko‘p maqsadli nanozarralarning to‘liq samarali kombinatsiyasini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazishda birinchilardan bo‘ldi.

Shuningdek, u ateroskleroz bilan bog‘liq kasalliklarni tadqiq qildi va biologik parchalanadigan dronlar (organizmda qo‘llangandan keyin yo‘q bo‘lib ketadigan biologik dori vositasi) deb ataluvchi nano-dorilarni yetkazib berish moslamalarini ishlab chiqdi, ular ma’lum bir dori turini tanaga yetkazib beradi va bemorning kasallikdan tiklanishiga olib keladi.

Nano o‘lchamdagi dronlar (organizmga dori-darmon yetkazib berish moslamalari) yurak xurujining oldini olishning yangi usuli ham sanaladi.

Murat Uysal, New York University Abu Dhabi (BAA) professori. Axborot va kommunikatsiya fanlari hamda texnologiyalari" yo‘nalishi bo‘yicha.

иsфaҳон, мusтaфо (s.a.v.) mukofoti, эрон

1973-yilda Turkiyada tug‘ilgan olim Optik simsiz aloqa (OWC) texnologiyasi sohasidagi ishlari uchun ushbu mukofotga loyiq ko‘rildi.

Murat Uysal 1995 va 1998-yillarda Turkiyaning Istanbul texnika universitetida elektronika va aloqa muhandisligi bo‘yicha bakalavr va magistr darajalarini, 2001-yilda esa AQShdagi Texas A&M University`da elektrotexnika bo‘yicha PhD darajasini olgan.

Elektron muhandislik va optik simsiz aloqa texnologiyalari bo‘yicha markaz (OKATEM) asoschisi. 2023-yil sentabr oyida u New York University Abu Dhabi universitetiga elektrotexnika bo‘yicha professor sifatida ishga kirgan.

Doktor Uysalning o‘z tadqiqotlarida radio va optik chastota diapazonlarida simsiz aloqa tizimlarining fizik qatlam jihatlariga alohida urg‘u beradi. Ushbu mavzular bo‘yicha u 400 ga yaqin maqolalar muallifi sanaladi.

Mazkur marosim doirasida Isfahon texnologiya universiteti va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Isfahon texnologiya universiteti prezidenti Mirmohammadi Meybodi (chapda) va TIQXMMI rektori Bahodir Mirzayev (o‘ngda).Isfahon texnologiya universiteti prezidenti Mirmohammadi Meybodi (chapda) va TIQXMMI rektori Bahodir Mirzayev (o‘ngda).

Memorandum fakultet professor-o‘qituvchilari, talabalar (bakalavr va magistratura) va tadqiqotchi olimlar almashinuviga ko‘maklashish, qo‘shma tadqiqotlar olib borish, ilmiy materiallar va ma’lumotlar almashinuvi, qo‘shma akademik magistratura dasturlarini yaratish va boshqalarni nazarda tutadi.

Isfahon texnologiya universiteti, 2023-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 300 dan ortiq oliygoh orasida nufuzi bo‘yicha 11-o‘rinda turadi.