Ustyurtdagi “Quyi Sharqiy Berdaq” 5 sonli qudug‘ida bajarilgan sinash ishlari natijasida kunlik 1 mln kub metrdan ortiq tabiiy gaz maxsuloti olish boshlandi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan jurnalistlar uchun tashkil etilgan press-turda ishtirok etgan “Gazeta.uz” muxbiri xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning yanvarida “Quyi Sharqiy Berdaq” koni hududida yer ostini geologik o‘rganish, yangi ma’lumotlarni olish hamda qo‘shimcha istiqbolli qatlamlarni aniqlash, shuningdek, mavjud uglevodorod zaxiralarini ko‘paytirish maqsadida 5-quduqni burg‘ulash ishlari boshlangan. O‘tgan davr mobaynida quduq 4205 metrga burg‘ulanib, ochilgan istiqbolli qatlamlarda sinash ishlari bajarildi va yuqori bosimli tabiiy gaz mahsuloti olindi.

gaz қудуғи, узбекнефтgaz, устюрт

Ta’kidlanishicha, ushbu quduq “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi tasarrufiga kiruvchi tashkilaotlarning mahalliy mutaxassislari tomonidan burg‘ulandi.

Hozirda yangi quduqdan olingan tabiiy gaz mahsuloti “Arslon” gazni kompleks tayyorlash qurilmasiga uzatilmoqda. U yerda ikki bosqichli tozalash jarayonidan o‘tgan tabiiy gaz iste’molchilarga yetkazib berish maqsadida tayyor holatda “O‘ztransgaz” kompaniyasiga yetkazib berilmoqda.

gaz қудуғи, узбекнефтgaz, устюрт

“O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda Ustyurt hududida geologiya-qidiruv ishlari dorasida “Quyi Kustau” yangi maydoni burg‘ulashga kiritildi, 20 ming metrdan ortiq burg‘ulash ishlari bajarildi, 4 ta yangi izlov-qidiruv quduqlari qurilish bilan tugatildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida “Sharqiy Arslon” yangi gazkondensat koni ochilib, tabiiy gazning 1 mlrd metr kub miqdoridagi yangi zaxiralari aniqlandi. 2023-yil yakuniga qadar yana 3 ta yangi maydonlarni burg‘ulashga kiritish ko‘zda tutilgan.

gaz қудуғи, узбекнефтgaz, устюрт

2023-yilda, shuningdek, Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan 4−5 mlrd kub metr miqdorida tabiiy gaz qazib olish rejalashtirilgan. Bu ko‘rsatkichlarga erishish uchun yil davomida 64 ta geologik-texnik tadbirlarni amalga oshirish, xususan, 36 ta yangi gaz qudug‘ini ishga tushirish, 21 ta mavjud gaz qudug‘ida murakkab ta’mirlash ishlarini olib borish hamda 7 ta texnologik obyektni ishga tushirish ko‘zlangan.

gaz қудуғи, узбекнефтgaz, устюрт

Bundan tashqari, Ustyurt hududining katta chuqurlikdagi qatlamlarini o‘rganish, ularning istiqbollarini baholash, yangi uglevodorod zaxiralarini aniqlash maqsadida joriy yilning 24-may kuni “G‘arbiy Quyi Surgil” 1-sonli parametrik qudug‘ini 6500 metr loyihaviy chuqurlikka burg‘ulash ishlari boshlandi. Hozirda ushbu quduqda 4300 metr chuqurlikkacha burg‘ulandi va ishlar davom etmoqda. Burg‘ulash ishlarini yil oxiriga qadar yakunlash rejalashtirilmoqda.

gaz қудуғи, узбекнефтgaz, устюрт

“O‘zbekneftgaz” tomonidan Ustyurt hududining yangi istiqbollarini o‘zlashtirish, yangi zaxiralarni aniqlash va qazib chiqarishni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish davom etmoqda.