Toshkent shahrining Mirobod, Chilonzor, Uchtepa tumanlari gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan, 22-sentabr kuni ushbu tumanlarning ba’zi mahalla va ko‘chalarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi xabar qildi.

Mirobod tumanida 10:00 dan 17:00 gacha:

  • “Baynalminal” mahallasi 7-berk Mironshox, Berk-Oqyo‘l ko‘chalari.
  • Ulgurji iste’molchilar — 2 ta.

Chilonzor tumanida 10:00 dan 18:00 gacha:

  • “Lutfiy” mahallasi;
  • “1- Qatortol” mahallasi;
  • “Nafosat” mahallasi;
  • “Diyor” mahallasi;
  • “Qatortol” mahallasi;
  • Cho‘pon ota mahallasi;
  • “Bog‘zor” mahallasi;
  • “Oqtepa” mahallasi;
  • Ulgurji iste’molchilar — 34 ta.

Uchtepa tumanida 10:00 dan 18:00 gacha:

  • “Guzar” mahallasi;
  • “Ko‘hna Cho‘pon ota” mahallasi;
  • “Bog‘iston” mahallasi;
  • Ulgurji iste’molchilar — 23 ta.

“Hududgaz Poytaxt” GTF noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.