Ijtimoiy tarmoqlarda 10-sentabr kuni O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi binosida davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida maxsus majlisda amaldorlarga yo dinni, yoki davlat ishini tanlash talabini qo‘ygani haqidagi xabarlar tarqaldi.

O‘zbekiston hukumati rahbari matbuot xizmati mazkur xabarlarni rad etdi.

“Blogerlardan tekshirilmagan va yolg‘on axborotlarni tarqatmasliklarini, tarmoq foydalanuvchilaridan esa bunday mavzudagi xabarlarga umuman ishonmasliklarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.