BMT Taraqqiyot dasturi O‘zbekistonda Orolbo‘yida iqlimga chidamli qishloq xo‘jaligini rivojlantirish orqali o‘zini o‘zi ta’minlashni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi loyihani ishga tushirdi. Tashabbus Yaponiya hukumati tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanib, 2 mln dollar miqdorida grant ajratildi, deya xabar bermoqda dasturning O‘zbekistondagi matbuot xizmati.

Hujjatlarni imzolash marosimida qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov, Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Takashi Hatori, BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili vazifasini bajaruvchi Anas Fayyad Qarman ishtirok etdi.

Loyihadan to‘rtta shimoliy hudud: Ho‘jayli, Chimboy, Kegeyli va Nukusning 376 000 dan ortiq aholisi foyda ko‘rishi kutilmoqda. Uning bilvosita benefitsiarlari 1,9 mln kishini tashkil qiladi. 2 mln AQSh dollari miqdoridagi budjet bilan ushbu loyiha katta ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

“Bizning vazifamiz ustuvor sohalarimizdagi jamoalarni kuchaytirishdir. Biz iqlimga chidamli qishloq xo‘jaligi amaliyotlarini amalga oshirmoqdamiz va ushbu jamoalarning o‘z shartlariga ko‘ra rivojlanishiga yordam berish uchun ijtimoiy infratuzilmani kuchaytirmoqdamiz”, — dedi Anas Fayyad Qarman.

бмттд, iqlim o‘zгариши, оролбўйи минтақаси, yaponия

Anas Fayyad Qarman va Alisher Shukurov.

BMTTD va uning sheriklarining jamoaviy tajribasiga asoslanib, biz innovatsion qishloq xo‘jaligi yechimlarini, shu jumladan, muqobil energiya manbalarini aniqlaymiz, targ‘ib qilamiz va mahsulotlarni ishlab chiqish va biznesni kengaytirish uchun Yaponiya tajribasidan foydalanamiz. Bundan tashqari, biz iqlim xavfiga duchor bo‘lgan chekka aholi punktlarida toza ichimlik suvidan foydalanishni yaxshilashga intilamiz, deya qo‘shimcha qildi u.

Ilk bosqichda ushbu loyiha mahalliy jamoalarga yordam berish uchun yangi va oqilona qishloq xo‘jaligi amaliyotlarini olib keldi. Bu ularga o‘z yerlaridan qanday qilib ko‘proq daromad olishni o‘rgatadi. Ushbu jamoalar qishloq aholisining iqlimga chidamli ijtimoiy xizmatlardan, jumladan, toza ichimlik suvi va barqaror energiyadan foydalanishini ta’minlash uchun iqlimga chidamli jamoalarni rivojlantirish rejalarini ishlab chiqishda qo‘llab-quvvatlanadi, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, loyiha Yaponiyaning innovatsion qishloq xo‘jaligi texnologiyalaridan foydalanish va qishloq joylaridagi jamoalarning hayotiyligini oshirish bo‘yicha katta tajribasini diqqat bilan o‘rganib chiqadi. Bu loyiha doirasida yapon tajribasidan foydalanishga, bilim va g‘oyalarning madaniyatlararo almashinuviga yordam berishga qaratilgan. Ushbu almashinuv loyihaning ta’sirini yanada kuchaytirishi mumkin.