12-sentabr kuni Apple kompaniyasi o‘zining Kupertinodagi shtab-kvartirasida yangi qurilmalari taqdimotini o‘tkazdi. Tadbir kompaniyaning YouTube sahifasida jonli efirga uzatildi va yarim kun ichida 25 mln kishi tomosha qildi.

Yangi qurilmalarning narxlari

Apple taqdimoti o‘tkaziladigan kunda beriladigan asosiy ma’lumotlardan biri yangi iPhone`larning narxlari hisoblanadi. Kechagi taqdimotda yangi qurilmalar AQShda sotib olinganda va soliqlar hisobga olinmaganda qanchaga tushishi e’lon qilindi. Mamlakatda yangi Apple Watch`larga 12-sentabrdan, iPhone`larga esa 15-sentabrdan oldindan buyurtma berish mumkin bo‘ladi.

iPhone 15 — 799 dollardan;

iPhone 15 Plus — 899 dollardan;

iPhone 15 Pro — 999 dollardan;

iPhone 15 Pro Max — 1199 dollardan;

Apple Watch SE — 249 dollardan;

Apple Watch Series 9 — 499 dollardan;

Apple Watch Ultra 2 — 799 dollardan.

Lightning o‘rniga USB-C

Kompaniya smartfonlarining barcha yangi modellari — iPhone 15, iPhone 15 Plus, iPhone 15 Pro, iPhone 15 Pro Max`lardagi odatiy Lightning porti USB-C bilan almashtirildi. Endi Apple`ning bir nechta qurilmasini ishlatadiganlarga kamroq kabellar kerak bo‘ladi.

Bu o‘zgarishning asosiy sababi Yevropa Ittifoqi simli quvvatlagich ishlatiladigan mobil qurilmalarni 2024-yil oxirigacha bir turdagi — USB Type-C/USB-C`ga o‘tkazish bo‘yicha qonuni bo‘lishi mumkin.

Apple iPhone 15 va 15 Plus

Yangi iPhone`lar iPhone 14 va 14 Plus`ning orqa dizaynini o‘ziga meros qilib oldi va shisha panelli bir xil alyuminiy shassisi asosida qurilgan. Oldingi modellardan ko‘rinishdagi asosiy farqi — bu o‘tgan yili Pro modellari uchun eksklyuziv bo‘lib qolgan Dynamic Island interaktiv hoshiyasidir.

apple event, iphone 15, iphone 15 pro, iphone 15 pro max

iPhone 15 va 15 Plus ichida o‘tgan yilgi Apple A16 Bionic chipi mavjud bo‘lib, operativ xotira hajmi bir xil — 6 GB bo‘ladi. Smartfonlar, shuningdek, aloqa uchun javob beradigan ultra keng chiziqli Apple U2 chiplari bilan jihozlangan.

Ekran diagonallari o‘zgarishsiz qoldi — mos ravishda iPhone 15 va 15 Plus uchun 6,1 va 6,7 dyuym. Asosiy modellar 48 megapikselli asosiy kameraga ega edi, bu esa 2x kattalashtirishga erishish imkonini berdi. Kengburchakli modullar ham 48 megapikselli. Portret rejimi ham yaxshilandi, endi unga maxsus o‘tish shart emas — algoritmlarning o‘zi kameralar qarshisida odam borligini tushunadi. Apple, shuningdek, past yorug‘likda va harakatga ishlov berishni yaxshilagan.

apple event, iphone 15, iphone 15 pro, iphone 15 pro max

Apple iPhone 15 va 15 Plus uchun beshta rangni taklif qiladi: qora, yashil, pushti, ko‘k va sariq.

apple event, iphone 15, iphone 15 pro, iphone 15 pro max

Apple iPhone 15 Pro va 15 Pro Max

Kompaniyaning eng yaxshi smartfonlarining tekis qirralaridan orqa panelga o‘tadigan qismi biroz yumaloq qilib yasalgan. Bundan tashqari, endi titandan qilingani tufayli qirralar jilosiz bo‘ladi, oldingi avlodlarda ramkalar sayqallangan zanglamaydigan po‘latdan yasalgan.

apple event, iphone 15, iphone 15 pro, iphone 15 pro max

14 Pro va 14 Pro Max`ning yangi mahsulotlari ingichka displey ramkalari bilan ham ajralib turishi mumkin. Shuningdek, ovoz balandligi tugmachalari ustida sozlanadigan tugma paydo bo‘ldi, u tovushni o‘chirish dastagining o‘rnini bosadi. Tugmachaga biror amalni biriktirish mumkin.

apple event, iphone 15, iphone 15 pro, iphone 15 pro max

Ekran diagonallari — iPhone 15 Pro va 15 uchun mos ravishda 6,1 va 6,7 dyuym. Ichki qismida 8 GB tezkor xotiraga ega Apple A17 Bionic chipi joylashgan. U soniyasiga 35 trillion operatsiyani qayta ishlashga qodir va Ray Tracing`ni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfonlar uchun Resident Evil Village va Assassin’s Creed Mirage ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Chipsetga ultra keng chiziqli aloqaga javob beradigan modul — Apple U2 qo‘shildi. Bu lokator xizmati orqali qurilmalarning holatini aniq kuzatishga yordam beradi.

apple event, iphone 15, iphone 15 pro, iphone 15 pro max

Apple top modellarining kameralarini yangiladi:

  • 48 megapikselli asosiy modelning sensori kattalashdi;

  • uch xil fokus uzunliklari bor — 24, 28 va 35 mm (tezkor almashtirish);

  • Apple ProRES sekundiga 60 kadr tezlikda 4K formatda video suratga ololadi;

  • iPhone 15 Pro Spatial videoni suratga olishi mumkin, keyin uni Apple Vision Pro bilan tomosha qilish mumkin.

iPhone 15 Pro Max o‘zining telefotomoduli bilan boshqalaridan ajralib turadi. U 15 Pro`dagidek 3 marta emas, 5 marta yaqinlashtirish imkonini beradi.

Apple Watch Series 9

apple event, iphone 15, iphone 15 pro, iphone 15 pro max

Yangi avlod soatlari avvalgi modellar dizaynini va o‘lchamlarini saqlab qoladi: 41 va 45 mm. Biroq Apple yangi pushti rangni qo‘shdi va ekran yorug‘ligini oldingi avlodnikidan 2 baravarga — 2000 nitgacha oshirdi. Bunda Always On rejimida ekran yorug‘ligi 1 nitgacha tushadi.

Yana bir muhim taqdimot bu yangi imo-ishora bo‘ldi. Endilikda soatlarni imo-ishora orqali boshqarish mumkin — ko‘rsatkich va bosh barmoqni bir-biriga tekizgan holda qo‘ng‘iroqlarga javob berish, sahifalarni o‘tkazish yoki taymerni pauzaga qo‘yish kabi amallarni bajarsa bo‘ladi.

apple event, iphone 15, iphone 15 pro, iphone 15 pro max

Watch 9 yangi hisoblash platformasi — Apple S9 bilan jihozlangan. iPhone 15 liniyasi singari soat ham Apple U2 chipiga ega bo‘ldi. Apple S9 oldingi chiplardan 50 foizga tezroq va soat endi ovozni 20 foizga yaxshiroq tushunadi. Avtonomlik avvalgidek qolgan — 18 soat.

apple event, iphone 15, iphone 15 pro, iphone 15 pro max

Watch 9 alyumin versiyasi qizil, pushti, tilla, kumush va ko‘k ranglarda, titan model esa tilla, kumush va qora ranglarda bo‘ladi.

Apple Watch Ultra 2
apple event, iphone 15, iphone 15 pro, iphone 15 pro max

Apple Ultra soatlarining ikkinchi avlodi yangi Apple S9 protsessori, U2 chipi va oldingisi bilan bir xil 49 mm o‘lchamga ega bo‘ldi. Ekran yorug‘ligi 3000 nitgacha yetkazildi. Yangi qo‘shilgan imo-ishoralarni qo‘llab-quvvatlaydi.

apple event, iphone 15, iphone 15 pro, iphone 15 pro max

Bu yangi gadjet 36 soat avtonomlik va energiya tejash rejimida 72 soat ishlashi va’da qilinmoqda.