Marokashdagi zilzila qurbonlari soni 2122 kishiga, jarohatlanganlar soni esa 2421 kishiga yetdi. Bu haqda Anadolu agentligi Marokash Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar qildi.

Marokash matbuoti 9-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:10 da sodir bo‘lgan zilzila poytaxt Rabot, Kasablanka, Meknes, Agadir va Fesda sezilganini xabar qildi.

Qurbonlarning asosiy qismi Al Hauz, Tarudant, Shivava, Uarzazat, Marrakesh, Azila, Agadir, Kasablanka va Yussifi viloyatlarida qayd etilgan.

Tabiiy ofat hududida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Ularga fuqaro mudofaasi kuchlari bilan bir qatorda harbiylar ham jalb qilingan. Ushbu zilzila mamlakat tarixidagi o‘tgan asrdagi eng yirik zilzila bo‘ldi.