Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida AQShga imkoniyatni boy berdi. Toshkent vaqti bilan 10-sentabr kuni Amerikaning Sent-Luis shahridagi “Sitipark” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 3:0 hisobida yakunlandi.

“Yuventus” hujumchisi Timoti Vea 4-daqiqada hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning qo‘shib berilgan vaqtida yana ikkita gol kiritildi. PSV hujumchisi Rikardo Pepi 90+1-daqiqada gol urdi, “Milan” vingeri Kristian Pulishich esa 90+4-daqiqada penaltini golga aylantirdi.

O‘zbekiston terma jamoasi 13-sentabr kuni soat Toshkent vaqti bilan 4:30 da Atlantada Meksika bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish uchun AQShda qoladi.

Noyabr oyida Srechko Katanets boshchiligidagi milliy terma jamoa JCH-2026 saralash turnirining dastlabki o‘yinlarini o‘tkazadi.

ўзбекистон - ақш, футбол

Video

Foto