3-sentabr sanasida “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda — birga yuguramiz” shiori ostida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Navoiy, Buxoro, Qorovulbozor, Qarshi, G‘uzor, Termiz, Guliston, Nurafshon, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Xiva va Nukus shaharlari O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasiga qo‘shildilar.

реклама

Shu kuni har bir hudud va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 100 mingga yaqin havaskor yuguruvchilar mamlakatning asosiy bayramini shaharlarning markaziy ko‘chalari bo‘ylab o‘tgan ommaviy yugurish musobaqasida ishtirok etish orqali nishonladi. Toshkentda Yangi Nafas shahar ommaviy yugurish musobaqalari bo‘lib o‘tadigan joyda — Humo Arena sport maydonining hududida o‘tkazildi. Toshkentdagi ommaviy yugurish musobaqasiga 7000 dan ziyod ishtirokchi qo‘shildi, ular orasida Toshkentning 50 ta oliygohidan 3000 ga yaqin talabalar ham ishtirok etishdi.

Tadbir tashkilotchilari sifatida O‘zbekiston Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, ishtirokchi shaharlarning hokimliklari, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati hamda Yengil atletika federatsiyasi ishtirok etdi.

реклама

Toshkentdagi ommaviy yugurish musobaqasi dasturiga 3 va 10 km masofalik ikkita distansiya kiritildi. Qolgan shaharlar uchun — Yangi Nafas sport harakatining yagona ramziy masofasi — 3 km ni tashkil qildi.

Yangi Nafas sport xalqaro ommaviy yugurish musobaqalarida, fuqaroligidan qat’i nazar, istagan barcha ishtirok etishi mumkin. 30 ta chet el davlatlarining vakillari ushbu keng ko‘lamli sport bayramiga qo‘shildi. Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston sport yugurish klublaridan taxminan 400 nafar ishtirokchi Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashrif buyurdilar. Toshkent shahrida o‘tkazilgan tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov tabrik so‘zi bilan chiqib, barcha ishtirokchilarni O‘zbekiston mustaqilligi kuni bilan tabrikladi va davlatning asosiy sanalariga bag‘ishlab Yangi Nafas sport ommaviy yugurish musobaqalarining o‘tkazilishi yaxshi bir an’anaga aylanib qolganini belgilab o‘tdi. Respublikaning har bir fuqarosi qo‘shilishi mumkin bo‘lgan Yangi Nafas sport harakati, ruh irodasi, vatanparvarlik tuyg‘usi va butun mamlakat bilan hamjihatlik birlashtiriladigan platformaga aylandi.

реклама

Shu bilan birga, Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi ochilishida O‘zbekiston prezidenti qoshidagi Xavfsizlik Kengashi kotibi Viktor Mahmudov, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov va O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Bahriddinovna so‘zga chiqishdi.

Ommaviy yugurish musobaqalari o‘tkazilib kelinayotgan uch yil davomida 700 mingdan ortiq ishtirokchi Yangi Nafas sport harakatining bayrog‘i ostida birlashib, uning asosiy maqsadi millat salomatligini mustahkamlashtirish va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish hisoblanadi. Ushbu munosabat bilan, hududlar doirasida ham ommaviy sportga va yengil atletikaga bo‘lgan qiziqish yanada ortib bormoqda. Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Farg‘ona vodiysi va Samarqandda press-anjumanlar o‘tkazilgan bo‘lib, bunda keng ko‘lamli tadbirni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

реклама

Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi davomida Sport TV telekanalida Toshkentdagi Humo Arena maydoni hududida ishtirokchi-shaharlardan sport tadbiri jarayonlarining jonli efirlari tashkil qilindi.

Yangi Nafas go‘liblari uchun tashkilotchilar tomonidan pulli mukofot fondi va ommaviy yugurish musobaqasining ramzi tushirilgan esdalik sovg‘alari topshirildi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash uchun Milliy Bog‘ sayilgohida maxsus tantanali oqshom tashkil etildi.

Reklama huquqlari asosida.