Shavkat Mirziyoyev 2-sentabr kuni Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari qabr poyiga gul qo‘yib, birinchi prezident xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Qur’on oyatlari tilovat etilib, duo o‘qildi.

Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi qaroriga muvofiq, birinchi prezident xotirasini abadiylashtirish maqsadida yirik majmualar, shaharlardagi markaziy ko‘chalarga Islom Karimov nomi berilgan. Toshkentda Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi tashkil qilingan, Samarqandda maqbara barpo etilgan.

Marosimda parlament va hukumat a’zolari, jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari ishtirok etdi. Tadbir yakunlangach, davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.

Foto

ислом каримов, шавкат мирзиёев

ислом каримов, шавкат мирзиёев

ислом каримов, шавкат мирзиёев

ислом каримов, шавкат мирзиёев

ислом каримов, шавкат мирзиёев

ислом каримов, шавкат мирзиёев