O‘zbekistonda aholi sonining muttasil ravishda o‘sib borayotganligi, so‘nggi yillarda milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va shu orqali aholi farovonligini oshirish maqsadida ko‘plab zamonaviy yangi sanoat korxonalarining paydo bo‘layotgani elektr energiyasiga bo‘lgan talabni ham oshirmoqda.

Bugungi kunda elektr energiya resurslarini ishlab chiqarishda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda yangi ekologik toza ishlab chiqish quvvatlarini tashkil etish, sohada zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish va shu asosda korxonalar va aholining elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘laroq qondirishni ta’minlash muhim vazifa hisoblanadi.

реклама, o‘zбекgiдроэнерго

Taraqqiyot yo‘lidan dadil odimlayotgan Yangi O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlar qatorida milliy iqtisodiyotning muhim quvvat manbai hisoblangan gidroenergetika tarmog‘i ham izchil rivojlanmoqda.

Bu borada “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan yangi GESlar barpo etilmoqda hamda investitsiyaviy loyihalar doirasida uzoq yillardan buyon foydalanib kelinayotgan, o‘zining o‘rnatilgan elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘qotgan GESlar modernizatsiya qilinib, yangi samarador quvvatlar o‘rnatilmoqda.

реклама, o‘zбекgiдроэнерго

30-avgust kuni O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi arafasida “Toshkent GESlar kaskadi” unitar korxonasi tarkibidagi 100 yoshga teng “Bo‘zsuv GES-1”ning modernizatsiyadan so‘ng, yangilangan energetik quvvatda ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni “O‘zbekgidroenergo” AJ ijro apparati rahbari Suhrob Xamrayev tabrik nutqi bilan ochib berdi.

Marosimda Yunusobod tumani hokimi Bahodir Abduvaliyev hamda jamiyat tizim korxona va tashkilotlari vakillari, hamkor xorijiy kompaniyalar mas’ullari, gidroenergetik muhandislar hamda markaziy telekanallar, bosma va elektron OAV vakillari ishtirok etdi.

реклама, o‘zбекgiдроэнерго

“Bo‘zsuv GES-1” ning avvalgi o‘rnatilgan quvvati 4 MVt, ya’ni to‘rtta gidroagregat bo‘lgan bo‘lsa, uzoq yillar davomida ekspluatatsiya qilinganli sababli quvvati 2 MVtga pasayib qolgan edi. Modernizatsiya ishlari yakuniga yetkazilgandan so‘ng, GESning energetik quvvati 6 MVt — ikkita zamonaviy gidroagregatga yetkazildi. Bu esa GES quvvatining 4 MVtga oshirilganligini ko‘rsatadi. Yangilangan GES yiliga o‘rtacha 44,4 mln kVt/soat elektr energiyasini ishlab chiqaradi.

“Bo‘zsuv GES-1” O‘zbekistonda bunyod etilgan birinchi gidroelektr stansiyadaridan biri bo‘lib, mazkur GES Yunusobod tumani hududida joylashgan. GESning qurilishi 1923-yilda boshlanadi va xalq hashari bilan amalga oshirilib, 1926-yilda qurilish ishlari yakunlanadi.

реклама, o‘zбекgiдроэнерго

O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni izchil oshirib borish, energetika resurslarining muvozanatini oshirish hamda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘liq qondirishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 2-maydagi “2017−2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi [PQ-2947-son] qaroriga asosan O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining 2019-yil 2-apreldagi ““Chirchiq GESlar kaskadi” UK (GES-10), “Samarqand GESlar kaskadi” UK (GES-2B), “Toshkent GESlar kaskadi” UK (GES-1) modernizatsiyasi” investitsiyaviy loyihaning texnik iqtisodiy asosini tasdiqlash to‘g‘risida”gi [276-son] qarori qabul qilindi. Uning doirasida, Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi tomonidan “Toshkent GESlar kaskadi UK modernizatsiyasi (GES-1D)” investitsiyaviy loyihasini moliyalashtirish uchun imtiyozli kredit berilishi ma’qullandi.

“Gidroproyekt” AJ tomonidan investitsiyaviy loyihaning texnik iqtisodiy asoslari ishlab chiqilganligi qayd etilib, investitsiyaviy loyihaning moliyalashtirish manbalari sifatida XXR “Eksimbanki”ning 20 yil muddatga, shu jumladan, besh yillik imtiyozli davrga yillik 2,2% stavkasi bilan, “Turonbank” ATB orqali qayta moliyalashtiriladigan va qayta moliyalashtiruvchi bankning 0,2% miqdoridagi marjasi qo‘shilgan holda beriladigan kredit mablag‘lari, shuningdek, “O‘zbekgidroenergo” AJning o‘z mablag‘lari belgilangandi.

реклама, o‘zбекgiдроэнерго

Modernizatsiya ishlari XXRning sohada yetakchi tashkilotlaridan biri bo‘lgan China National Technisal Import and Export Corporation (CNTIEC) kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli va samarali faoliyat, xususan, yangi GESlarni qurish, mavjudlarini modernizatsiya qilish, GESlarda jahon standartidagi zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish orqali O‘zbekiston xalqi xonadonlarini yoritish, kundalik maishiy ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmini oshirish, asosiysi, xalq turmush farovonligining oshishiga muhim poydevor bo‘ladi.

Reklama huquqlari asosida.