Bosniya va Gersegovinada taekvondoning WT yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida Islombek Axchurin oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.

1.52 metr bo‘y balandligigacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda o‘zbekistonlik sportchi barcha raqiblarini mag‘lub etdi.

Kumush medalni italiyalik Franchesko Kutrone, bronzani qozog‘istonlik Dinmuhammad Tolibai va Xitoy Taypeyidan Chen-Syuan Vu qo‘lga kiritdi.