O‘zbekistonlik sportchi Artur Guliyev 23−27-avgust kunlari Germaniyaning Duysburg shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Kanoechi 200 m masofaga kechgan hal qiluvchi yakkalik poygada eng yaxshi natijani ko‘rsatib, jahon chempioni bo‘ldi.

Jahon chempionatining ushbu oltin medali O‘zbekiston uchun so‘nggi 13 yil ichida birinchisi bo‘ldi. O‘zbekistonlik kanoechi Vadim Menkov oxirgi marta 2010-yilgi jahon chempionatida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan edi.

C-1 200 m dagi natijalar:

  1. Artur Guliyev (O‘zbekiston) — 38.729;
  2. Joan Moreno (Ispaniya) — 38.769;
  3. Oleksiy Koliadix (Polsha) — 39,046.

O‘zbekistonlik sportchi may oyida Vengriyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ham 41.31 soniya natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritgandi.