Toshkent shahrida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan “Yangi nafas” xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalar yopiladi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Xususan, 31-avgust kuni soat 10:00 dan 3-sentabr kuni soat 10:00 gacha Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishmasidan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

3-sentabr kuni soat 05:00 dan 09:00 gacha Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishmasidan Abdulla Qodiriy, Oybek va Nukus ko‘chalari bo‘ylab, Rim-katolik cherkovigacha bo‘lgan hududi yopiladi.

йўл yopiladi, yugurish musobaqasi
Xarita: Toshkent shahar hokimligi

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.