Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yoshlar o‘rtasida para pauerlifting bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazilib, unda o‘zbekistonliklar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Milliy paralimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, unda ishtirok etgan 7 nafar sportchining barchasi sovrinli o‘rinlarni egalladi.
Oltin medal:
- Oxunjon Musurmonkulov — 113 kg;
- Umidjon Arzimetov — 110 kg;
- Ruhshona O‘ktamova (u 95 kg natija bilan Osiyo рекордини ham yangiladi);
- Jasurbek Yo‘ldoshev — 135 kg.
Quyida sportchilar ko‘rsatgan natijalarni tomosha qilishingiz mumkin:
Kumush medal:
- Firdavs Botirov
Bronza medali:
- Dildora Nurilloyeva
- Umida Rajapova.