Toshkent shahrida tadbirkor ishchi yollab ikki chinorni kestirib tashlagani aniqlandi, deya xabar qilmoqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.

O‘rganish natijasida Yunusobod tumani 7-mavzesi, “Astrobod” MFY hududida Sirdaryo viloyati, Sirdaryo shahrida faoliyat yurituvchi mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan MCHJ rahbari ikki nafar ishchi yollab, ikki dona chinor daraxtini kestirgani ma’lum bo‘ldi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-son qarori 4-ilovasiga asosan, tabiatga 204 mln 105 ming so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi.

Tegishli hujjatlar holatga huquqiy baho berish va kerakli chora-tadbirlarni ko‘rish maqsadida huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgani qayd etilgan.