3-sentabr kuni mamlakat bo‘ylab 16 ta shaharda O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Qoraqalpog‘iston hamda barcha viloyatlarda turli yoshdagi havaskor va professional sportchilar hamda sog‘lom turmush tarzi ixlosmandlari aziz bayram munosabati bilan tashkil etiladigan keng ko‘lamli sport harakatiga qo‘shilishlari mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasida press-anjuman o‘tkazilgan bo‘lib, unda kelgusi ommaviy yugurish musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda federatsiyaning bosh kotibi Kamoliddin Ro‘zimuhamedov, tahkiliy qo‘mita va OAV vakillari ishtirok etdi.

yangi nafas, реклама

Mustaqillikning 32 yilligi Toshkent, Nurafshon, Guliston, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qorovulbozor, Termiz, Qarshi, G‘uzor, Xiva va Nukusda Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi bilan nishonlanadi. Toshkentda yuguruvchilarga 3 va 10 km ga teng bo‘lgan ikki xil masofa, boshqa shaharlarda esa 3 km lik bitta masofa taqdim etiladi.

Yangi Nafas yugurish musobaqasining rasmiy shiori — “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda — birga yuguramiz”. Tadbir 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan har bir fuqaroni birlashtirgan holda, O‘zbekiston davlat mustaqilligini nishonlash jarayonidagi kayfiyat va umumiy muhitni yanada aniqroq aks ettiradi.

An’anaviy tarzda muhim davlat sanalari va xalqaro sport tadbirlariga bag‘ishlab tashkil etilayotgan Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqalari O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining “2019−2023-yillarda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi” to‘g‘risidagi qarori doirasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish hamda aholini faol turmush tarziga jalb etish maqsadida qabul qilingan keng ko‘lamli davlat dasturining ijrosiga yaqqol misol bo‘la oladi. Maqsadli davlat dasturi aholini bosqichma-bosqich faollashtirib, hamma darajalarda salomatlikni mustahkamlash va hayot sifatini oshirish masalalariga e’tiborni qaratdi.

yangi nafas, реклама

Yangi Nafas ijtimoiy loyihasini hayotga tadbiq etishning uch yili davomida O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi va “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda 700 ming nafardan ortiq odam ommaviy yugurish musobaqasiga qo‘shilib, sport tadbirlarida faol ishtirok etmoqdalar. Yangi Nafas loyihasi Save Aral, “Men G‘olib”, “Vatan Qalqoni” ommaviy yugurish musobaqalari bilan hamkorlikda yosh avlodda ham, kattalarda ham yengil atletikaga qiziqishni yangi bosqichga ko‘tardi.

Ommaviy sportni rivojlantirish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish Yangi O‘zbekiston barpo etayotgan ijtimoiy siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi.

Yangi Nafas yugurish ixlosmandlari uchun xalqaro maydonchaga aylanib bormoqda. Tadbir O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan va musobaqalarda faol ishtirok etib kelayotgan xorijlik fuqarolardan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan keladigan musobaqa qatnashchilarini ham birlashtiradi. sentabr oyida Toshkentga Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston sport klublari vakillari ushbu bayramda ishtirok etish uchun tashrif buyuradilar.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan Toshkent shahrida o‘tkaziladigan navbatdagi Yangi Nafas yugurish musobaqasida 31-avgustgacha Iticket.uz saytida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Fuqaroligidan qat’i nazar, barcha yugurish ixlosmandlari mazkur yugurish musobaqasiga qo‘shilishlari mumkin.

yangi nafas, реклама

Aholining barcha qatlamlari sport musobaqalarida ishtirok etishlari uchun keng imkoniyat yaratish maqsadida Qoraqalpog‘iston hamda barcha viloyatlarda musobaqa uchun ro‘yxatdan o‘tish va qatnashish bepul. Yengil atletika federatsiyasi tashabbusi bilan har bir hududda “Yagona ijtimoiy himoya reyestri”, “Temir” daftar, “Ayollar” va “Yoshlar” daftarlariga kiritilgan fuqarolarning ishtirok etishi uchun kvotalar ajratilgan. Yugurish musobaqalari va marafonlarning doimiy ishtirokchilari orasida nogironligi bo‘lgan fuqarolar ham mavjud.

3 km masofada 9 yosh va undan katta yoshdagilar uchun sport musobaqalarida ishtirok etishga ruxsat etiladi, 10 km masofada istirok etish yoshi esa 14 yosh va undan katta. Barcha shaharlarda soat 6:30 da yagona start beriladi.

Toshkent shahrida ishtirok etish narxi:

  • 3 km masofa uchun — 99 ming so‘m;
  • 10 km masofa uchun — 149 ming so‘m.

Ishtirokchi to‘plami quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • futbolka;
  • kepka;
  • ishtirokchining start raqami;
  • raqamni ilish uchun to‘g‘nog‘ichlar.

Ishtirokchi to‘plamlarini berish O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi tomonidan 1−2-sentabr kunlari soat 10:00 dan 19:00 ga qadar quyidagi manzilda amalga oshiriladi: Islom Karimov ko‘chasi, 98-uy, mo‘ljal — “Paxtakor” stadioni.

Reklama huquqlari asosida.