O‘zbekiston bosh prokuroriga yangi o‘rinbosarlar, shuningdek, Namangan, Andijon va Samarqand viloyatlariga. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi To‘xtaboyev Sherzod Jalolovich O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

prokuror, tayinlov

Foto: Bosh prokuratura

Sh.To‘xtaboyev tayinlovga qadar Bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Shuningdek, adliya katta maslahatchisi Hatamov Jahongir Jo‘rayevich O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

prokuror, tayinlov

J.Hatamov tayinlovga qadar Samarqand viloyati prokurori lavozimida ishlagan.

Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Madraximov Umirbek Muxammadovich Namangan viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

prokuror, tayinlov

Umirbek Madraximov tayinlovga qadar Bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Bundan tashqari adliya katta maslahatchisi Xodjayev Marufxon Maksudovich Andijon viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

prokuror, tayinlov

Marufxon Xodjayev tayinlovga qadar O‘zbekiston Transport prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Shu bilan birga, adliya katta maslahatchisi Eshnazarov Murodqosim Xamzayevich Samarqand viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

prokuror, tayinlov

Murodqosim Eshnazarov tayinlovga qadar Bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Bundan avval Toshkent shahri prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Ikrom Narimov O‘zbekiston transport prokurori lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgandi.