8-avgust kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 48 yoshli erkak 56 yoshli erkakka pichoq bilan tan jarohati yetkazib, uni qasddan o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea o‘zaro kelishmovchilik oqibatida sodir bo‘lgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan, deyiladi xabarda.

Qonunchilikda ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslar, aybi sudda isbotini topsa, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi belgilangan.