Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida 16 yoshli qiz o‘zini osib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

7-avgust kuni tumanning “Jiydali” MFYsida yashagan X.M. (qiz) yashash uyidagi qo‘shimcha xo‘jalik xonasida o‘zini osib, hodisa joyida vafot etgan.

Marhumaning yaqin qarindoshlari so‘nggi vaqtlarda uning ruhiyati buzilganini ta’kidlagan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.