Halimjon Salimovich Safarov 8-avgust kuni Buxoro tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Xalq deputatlari Buxoro tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyat hokimi Botir Zaripov ham ishtirok etdi. U qulay infratuzilmaga ega tumanda mavjud barcha imkoniyatlardan samarali foydalanilmayotganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayniqsa, hududda investitsiyalarni jalb etish borasidagi ishlar qoniqarsiz bo‘lib, bu holat prezident raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida qattiq tanqid qilingan hamda tuman hokimi Xayrillo Jo‘rayev egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.

Hokim Xayrillo Jo‘rayevni Buxoro tumani hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorni o‘qib eshittirdi va sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, “Buxoro Agro Eksport tashqi savdo” MCHJga rahbarlik qilib kelayotgan Halimjon Safarov nomzodi tuman hokimi v.b. etib tayinlash to‘g‘risida qaror deputatlarga ma’lum qilindi.

Halimjon Safarov 1973-yil 2-mayda Buxoro shahrida tug‘ilgan. 1995-yilda Buxoro davlat universiteti, 2008-yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti, 2023-yilda Kazan federal universiteti (magistratura)ni tugatgan.

Neftgaz sohasida va tadbirkorlik tizimida faoliyat ko‘rsatgan. Oxirgi yillarda “Yevrosnar” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori lavozimida ishlagan.

Shuningdek, viloyatda yana bir tayinlov amalga oshirildi.

Halimjon Safarov, Buxoro  tumani, tayinlovлар

Botir Ilhomovich Ahmedov Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ahmedov 1982-yil 12-iyunda Vobkent tumanida tug‘ilgan. 2004-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2007-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (magistratura)ni tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — xalqaro iqtisodiy munosabatlar, biznesni boshqarish.

Ayni vaqtga qadar u Iqtisodiyot va moliya vazirligi loyihalar ofisi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.