Ulug‘bek Yo‘ldoshev Xasanovich Sirdaryo viloyati Xovos tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, Xalq deputatlari Xovos tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Ulug‘bek Yo‘ldoshev Xovos tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Ulug‘bek Yo‘ldoshev mazkur tayinlovga qadar Sardoba tumani hokimining birinchi o‘rinbosari — tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.