Saudiya Arabistoni elektron viza berish xizmatini yana 8 ta davlatga taqdim etishni boshladi. Bu haqda qirollik Turizm vazirligi X`da (sobiq Twitter) xabar qildi. Ushbu davlatlar orasida O‘zbekiston ham bor.

Shu vaqtgacha ushbu xizmatdan 49 ta davlat fuqarolari foydalana olar edi.

Endilikda mamlakatlar qatoriga Albaniya, Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Maldiv orollari, Janubiy Afrika, Tojikiston va O‘zbekiston ham qo‘shildi.

саудия арабистони, elektron viza

Foto: X / Saudiya Arabistoni turizm vazirligi

Unga ko‘ra, o‘zbekistonliklar $146 evaziga Qirollik turizm vazirligining maxsus portali orqali onlayn viza olishi mumkin.

Qayd etilishicha, ushbu viza bilan yil davomida Umra hamda mamlakat bo‘ylab sayohat qilish mumkin. Biroq, elektron viza Haj qilish, Saudiya Arabistonida yashash, ishlash huquqini bermaydi.

Saudiya Arabistoni e-Visa`si bir yillik, ko‘p martalik kirish vizasi bo‘lib, sayyohlarga mamlakatda 90 kungacha bo‘lish imkonini beradi.

Elektron viza muddati tugagach, uni yangi muddatga rasmiylashtirish mumkin.