Ulug‘bek Xidirovich Lapasov O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimovning o‘rniga tayinlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Ulug‘bek Lapasov 1982-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2000−2005-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriatini, 2005−2006-yillarda Fransiyadagi Jan Mulen universitetining magistraturasini tamomlagan.

Ish faoliyati davomida O‘zbekistonning Belgiyada va Fransiyadagi elchixonalarida, O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi va NATOdagi vakolatxonalarida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar 2018-yilning iyul oyidan buyon Jenevadagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi O‘zbekistonning doimiy vakili sifatida ishlab kelayotgandi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Ulugʻbek Lapasovdan avval Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili lavozimida 2017-yildan buyon Baxtiyor Ibragimov ishlab kelayotgandi.