O‘zbekistonda yanvar-iyun oylarida o‘rtacha oylik ish haqi 4,3 mln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi hisobotida qayd etildi.

ish haqi, статистика agentligi

Foto: Statistika agentligi

2023-yilning yanvar-iyun oylarida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahri (7 million 16 ming 400 so‘m), Navoiy viloyati (5 million 687 ming 400 so‘m), Toshkent viloyati (4 million 368 ming 200 so‘m), Andijon viloyati (3 million 767 ming 4 ming so‘m) hamda Buxoro viloyatida (3 million 719 ming 600 so‘m) kuzatilgan.

Eng kam ko‘rsatkichlar Surxondaryo (3 million 254 ming 100 so‘m), Samarqand (3 million 227 ming 500 so‘m) va Qashqadaryoga (3 million 197 ming 600 so‘m) tegishli.

ish haqi, статистика agentligi

2023-yilning yanvar-iyun oylarida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent shahrida (27,1%), Xorazm viloyatida (22,8%), Andijon viloyatida (22,7%), Jizzax viloyatida (21,9%), Qoraqalpog‘iston Respublikasida (21,9%) hamda Buxoro viloyatida (21,5%) kuzatildi. Keltirilgan davr uchun o‘rtacha oylik ish haqi ko‘rsatkichini shakllantirishda qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik subyektlari hisobga olinmagan.

Ushbu davrda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi — moliya va sug‘urta sohasiga to‘g‘ri kelib, 12 million 446 ming 600 so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, axborot va aloqa sohasi 9 million 518 million 600 so‘mni, tashish va saqlash sohasi 6 million 438 ming 700 so‘mni va sanoat sohasi 5 million 400 ming 700 so‘mni tashkil etib, o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichni tashkil qildi.

ish haqi, статистика agentligi

Ta’lim (3 million 042 ming 800 so‘m) hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (2 million 862 ming 4 ming so‘m) sohalari esa boshqa sohalarga nisbatan eng quyi pog‘onalarda ekanligini ko‘rish mumkin.