Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Pskem daryosining chap irmog‘i hisoblangan Ispaysoyda yangi mikroGESning rasmiy ochilish marosimiga bag‘ishlangan tantanali tadbir 28-iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “O‘zbekgidroenergo” AJ rahbariyati, pudratchi va qurilish tashkilotlarining mutasaddi rahbarlari, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti hamda “Yosh bunyodkorlar” xalqaro qurilish jamoasi a’zolari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

реклаmа

Tadbirni “O‘zbekgidroenergo” AJ kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Inoyat Sunatov ochib berib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib, mazkur loyiha energetika tizimida muhim ahamiyat kasb etishi, aholini toza va arzon elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qilishi borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi xamda “Ispaysoy” mikroGESining texnik ahamiyati va xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

реклаmа

“Ispaysoy” mikroGES qurilish loyihasida jamiyat tizim tashkilotlari hisoblangan “Gidroproyekt” AJ, “1-son Qurilish direksiyasi” va “4-son Qurilish direksiyasi” MCHJ faol ishtirok etdi.

Rasmiy ochilish tadbiriga qadar “Ispaysoy” mikroGESda qurilish ishlari yakunlangandan so‘ng GESni tarmoqqa ulash borasidagi amaliy ishlar olib borildi. Bo‘stonliq tumani “Ispay” qishlog‘idagi yangi qurilgan “Ispaysoy” mikroGESni tarmoqqa ulashga tayyorligi to‘g‘risida”gi 610-reglament asosida texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

реклаmа

Mazkur mikroGESni foydalanishga topshirish bo‘yicha “O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyati bo‘limi mutaxassislari hamda “O‘zbekgidroenergo” AJ va “O‘rta Chirchiq GESlari kaskadi” unitar korxonasi mutaxassislari ishtirokida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yagona elektr energetika tizimiga ulash borasida amalga oshirilgan ishlar har tomonlama texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

реклаmа


“Ispaysoy” mikroGESining quvvati 200 kVt bo‘lib, o‘rtacha yillik elektr energiya ishlab chiqarishi 1,75 mln kVt/soat`ni tashkil etadi.

“Ispaysoy” Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani “Ispay” qishlog‘idan oqib o‘tuvchi Pskem daryosining chap qirg‘og‘iga quyiluvchi soy bo‘lib, soyning uzunligi 13 km, hajmi 73 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Soyning o‘rtacha yillik suv sarfi 2,4 kub. m/sek.

реклаmа

Mart oyidan suvi ko‘paya boshlaydi, eng katta suv sarfi may-iyun oylarida kuzatiladi. Kuz-qish mavsumida suvi kamayadi.

Shu o‘rinda “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan 2023-yilda umumiy 197 MVt quvvatga teng yettita loyihalarni belgilangan muddatida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston suv-energetika salohiyatidan maqsadli foydalanish maqsadida, yangi GESlarni qurish bo‘yicha tasdiqlangan investitsiyaviy loyihalar asosida hududlarda fidoyi gidroenergetiklar jamoasi tomonidan jadallik bilan qurilish ishlari olib borilmoqda. Sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, ishchi-xodimlarning jonkuyarligi hamda samarali mehnati natijasida yangi mamlakatning gidroenergetika salohiyati tobora yuksalib bormoqda.

Reklama huquqlari asosida.